YIL TANLOVI: jurnalistlarni sotib olayotgan vazirliklar va o`tkir bolta bilan siylanayotgan hokimlik

17.01.2022 08:55

2021 yil davomida eng yopiq bo`lgan matbuot kotibligi, deb qaysi tashkilot axborot xizmatlarini aytgan bo`lar edingiz?

OAV xodimlarini saralab chaqiruvchi, atrofiga xos bloger va jurnalistlarni to`plab olgan matbuot kotibini taniysizmi?

Balki, jurnalistlarga qimmatbaho sovg`alar ulashish bilan o`z faoliyatini kuchaytirishga urinayotgan tizimlarni bilarsiz?

Jurnalistlarga qimmatbaho sovg`a qilib, etika me`yorlarini buzgan matbuot kotibini-chi?

Rost24.uz matbuot kotibliklar reytingini e`lon qiladi. Bu jurnalistlar tanlovi, jurnalistlar ovozi. Maxsus fokus guruh tuzilib, jurnalistlardan matbuot kotibliklari va vazirlik, tashkilot va hokimiyatlar borasida so`rovnoma o`tkazildi. So`rovnoma javoblari unda qatnashgan jurnalistning xohishiga ko`ra ochiqlanishi ham mumkin. Natijalar esa rost24.uz jurnalistlar uchun uyushtirgan yil tanlovi dasturxonida e`lon qilinadi.

Maqsadimiz davlatni demokratlashuviga ta`sir etish. Vazirlik, hokimiyat va tashkilotlarni ochiq va yopiqlik reytingini e`lon qilish orqali ularni jurnalistlar uchun ochiq bo`lishini ta`minlash hamda axborot olish imkoniyatini kengaytirish va davlat idoralari shaffofligini ta`minlashga hissa qo`shishdir.

Tanlovimiz shartlari va ma`lumotlari bir qancha xalqaro tashkilotlarga ham yuborilgan bo`lib, tanlov natijalarini ular ham kuzatib borishlarini ma`lum qilgan.

Qaysi vazirlik yoki hokimiyat ommaviy axborot vositalari, xalq oldida hisobdorligini unutdi?

Jurnalistlar tomonidan yo`llangan savollarga qaysi matbuot kotibligi befarq yoki rasmiy xat bilan chiqing, degan quruq javob bilan qutiladi. Jurnalistlar hukumat va davlat idoralari, tashkilotlari faoliyatini yoritar ekan bevosita ularning faoliyatiga ham nisbatan xolis baho bera oladi. Ba`zi tashkilot yoki vazirliklar tadbirbozlikda birinchi, internet sayt va telegram kanallarida xabarlar tez-tez yangilanadi. Ammo, jurnalistlarning ochiqlashni istagan birgina savoliga javob berishni ep bilmaydi. Shu nuqtai nazardan rost24.uz nashri uyushtirayotgan “Yil tanlovi” marosimida jurnalistlar bilan eng yaxshi va eng yomonlarni saralaydi. Bu jurnalistlarning o`zidan avvalgi 3 hokimiyatga bergan bahosi va tanlovidir. Jamoamiz mazkur so`rovnomalarni an`anaga aylanishini istaydi. Shuningdek, tanlov davomida jurnalistlar jonli ovoz berish yo`li bilan daraxtlar bilan ayovsiz kurashgan hokim nomini ham aniqlaydilar va unga o`tkir qalam sohiblaridan o`tkir bolta sovg`a qilinadi. Eng yolg`onchi matbuot kotibiga ham tabiiyki, maxsus sovg`a bor.

Tanlovga barcha jurnalistlarni taklif etib qolamiz. Tanqidiy chiqishlari bilan ommalashgan rost24.uz jamoasi bilan birga bo`lishdan, u uyushtirgan jurnalistlar bayramida qatnashishdan cho`chimang.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
7
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
18.01.2022 21:34
Nima xam derdik... E'tirof un rahmat... Xar kimga e'mas matbuot xizmatlari raxbarlari bn yaxshi munosabat o‘rnstish... Doim aytib kelaman gaping bo‘lsa yuzma yuz gaplash deb... Lekin ular xechkimmas
17.01.2022 18:56
Бу дунёда хамма нарса сотилади, Менинг молим-қизил юзим, оппоқ танам (Э.Вохидов. "Кўча четидаги қиз")
17.01.2022 16:30
Рост24 ýзига хос дадил йýлни танлади. Ķoлган ОАВЛАРИ х,ам улар сингари дадил бýлишса яхши бýларди.
17.01.2022 16:24
Балки, журналистларга қимматбаҳо совғалар улашиш билан ўз фаолиятини кучайтиришга уринаётган тизимларни биларсиз? unaqalar juda ko'p