RASMIYLAR: Samarqanddagi tunnel hali to`liq topshirilmagan, shuningdek, suv o`tishining ko`prikka hech qanday zarari yo`q

04.01.2022 14:19

Samarqanddagi nosoz tunnel bo`yicha Samarqand shahar hokimligi matbuot xizmati munosabat bildirdi. Uning aytishicha, tunnel hali to`liq foydalanishga topshirilmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida foydalanishga topshirilganiga bir necha kungina bo`lgan tunnel devorlaridan suv otilib chiqayotgani aks etgan video tarqaldi.

"O`zbekiston24" telekanali orqali 31 dekabr kuni tasvirga uzatilgan “INSON QADRI UChUN” deb boshlanuvchi lavhada ''Reja bo`yicha 3 yilda qurilishi lozim bo`lgan tunnel 1,5 yil ichida, 1 yil ichida qurilishi lozim bo`lgan galeriya tipidagi yo`l o`tkazgichi esa olti oy ichida foydalanishga topshirilishiga erishildi.'' deya ta`kidlangan edi.

Ammo Rost24.uz sayti bog`langan Samarqand shahar matbuot kotibining aytishicha, “Ko`prikning vaqtincha ochilishiga sabab Samarqand shahrida tirbandlikning kuchliligi va faqat avtomobillarning qatnov qismi ochilgan, xalos. Yanvar oyi yakunigacha ko`prikning qurilish ishlari to`liq yakunlanadi va keyin foydalanishga topshiriladi. Shuningdek, suv o`tishining ko`prikka hech qanday zarari yo`q. Sababi ko`prikdagi ariq yo`llari to`liq ishga tushmagan. Qurilish mutaxassislari ham aytdi buni. Ko`prikning tepasidan bir tomchi ham suv tomgani yo`q. Faqat kafellarning orasidan sizib chiqyapti.”

Shu o`rinda savol tug`iladi u holda hali to`liq qurib bitkazilmagan ko`prik va tunnelning qalbaki “ochilish marosimi” kimga kerak bo`lib qoldi?

Ma`lum bo`lishicha, qurilish «O`zbekiston temir yo`llari» AJ «Ko`prikqurilish» tresti UK tomonidan amalga oshirilgan. Ko`prik loyiha umumiy qiymati 143 mlrd so`m( taxm. 14 mln dollar) bo`lib, qurilish ob`ektining parametrlari quyidagicha: 
-yo`l o`tkazgich uzunligi 1 km, 
-balandligi 5,8 metr, 
-kengligi 26,4 metr,
-yopiq qismining uzunligi 120 metr.

Ochilish marosimi haqidagi lavhada O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a`zosi Farmon Toshev ham ko`prik haqidagi fikrlarini aytar ekan “Har bitta qilinayotgan narsa (qurilish) bu INSONNING QADRI UChUN”, deya ta`kidlagan edi.

Bundan tashqari loyiha koordinatori Bobur Elmurodovning aytishicha, "…ko`prikdagi quvurlarning suv o`tkazish diametri 50 kub\s ni tashkil qiladi va bu ham “INSON QADRI UChUN!”

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
15
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
05.01.2022 16:40
Узбекистонни курилишга гап йук тип тиник хеч кайси давлат килолмаган ишларни килишади
05.01.2022 14:10
Елгон, сап сата. Тулик битказиб март Навруз байрамига очинглар, шунча тирбандликка чидаб келияпмиз, яна 3 ой сабр килар эдик. Биройданкейин тулик битказар экан, курамиз хали бардошлилигини бахорги емгирлар олдинда
05.01.2022 03:45
143 млрд пулнинг канчасидир ишлатилган, мужикона текширчи коррупцияга Карши кураш агентлиги. Хечкимни куввати етмайди, Уз. Темир йуллари а/ж ни текширишга
05.01.2022 02:33
Shunchakiy koʻz boʻyamagarchilik karupsiyani oʻzi bu xalos.
05.01.2022 01:40
Ерни чуккуррооок хайдаганим учун.... бу йил об хаво нокулай келганлиги учун...
04.01.2022 20:56
Sharmandachilik axmoqlikning uzginasi karupsiya karupsiya va yana karupsiya..... 😂 😂 😂 😂 😂 😂