Qashqadaryodagi chigit mojarosi aslida qanday boshlangan? IKKINChI TARAF FIKRI

04.01.2022 11:33

Ijtimoiy tarmoqlar va ayrim saytlarda Qashqadaryo viloyat va Kattaqo`rg`on tumani o`rtasidagi chigit mojarosi kattagina shov-shuvlarni yuzaga keltirdi.

Samarqand viloyat Kattaqo`rg`on tumani hokimi, senator Gavhar Alimova tomonidan aytilgan fikrlar ham ijtimoiy tarmoqlarda anchagina hamda turli muhokamalarga sabab bo`ldi. 

AMMO ikkinchi taraf fikrlari hech kimni qiziqtirmadi.

Rost24.uz axborot sayti bu masala bo`yicha ikkinchi taraf sifatida Qashqadaryo viloyat hokimligidan munosabat so`radi.

Qashqadaryo viloyat hokimligi Matbuot xizmati ushbu tortishuvlarning boshlanishi va kelib chiqishi haqida quyidagilarni bildirdi:

“2022 yilning 3 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan chigit masalasi viloyat hokimligi tomonidan atroflicha o`rganib chiqildi.

Haqiqatdan ham 2021 yil 28 dekabr kuni Chiroqchi tumanidagi “Umakay” postida Yo`l harakat xavfsizligi xodimlari tomonidan chigit mahsuloti ortilgan 3 ta yuk transport vositalari to`xtatilgan.

Ichki ishlar xodimlariga o`zini chigitni olib ketayotgan korxona ekspeditori deb tanishtirgan Komil ismli shaxs qog`oz shaklidagi sof vazni 94 tonna chigit mahsulotini “OQ SAROY KLASTER” MChJdan “MAROQAND GOLD OIL EKSTRAKSIYA” MChJga jo`natilganligi haqida qo`lda yozilgan (QR kodga ega bo`lmagan) yuk xatini taqdim qilgan.

Lekin, taqdim etilgan hujjatlar orasida elektron hisobvaraq-faktura, birja savdosidan yutib olganligi to`g`risida elektron “Tiket”, shartnoma va ishonchnoma bo`lmagan.

Vaholanki, Vazirlar Mahkamasining 14.08.2020 yildagi 489-son qarori 2-ilovasi 67-bandida, “Tovarlar transport vositasida tashilganda elektron shaklda rasmiylashtirilgan hisobvaraq-faktura QR kodga ega bo`lgan elektron tarzda yoki qog`oz nusxasi chop etilgan holda tashuvchiga taqdim etilishi belgilangan.

“MAROQAND GOLD OIL EKSTRAKSIYA” MChJ olib ketayotgan chigit mahsuloti bo`yicha QR kodga ega bo`lgan hisobvaraq-faktura bo`lmaganligi va taqdim etilgan hujjatlarda shubha tug`ilganligi sababli 3 ta yuk transport vositalaridagi chigit mahsulotlari vaqtincha saqlovga olingan.

Shundan so`ng, “MAROQAND GOLD OIL EKSTRAKSIYA” MChJ xodimlari qachonki ichki ishlar xodimlari yukni to`xtatib o`rganishni boshlaganidan 1 sutkadan so`ng ya`ni 29 dekabr kuni soat 17-31 da “OQ SAROY KLASTER” MChJ tomonidan rasmiylashtirilib, “MAROQAND GOLD OIL EKSTRAKSIYA” MChJga 98,3 tonna chigit yuborilgani, lekin sotib oluvchi tomonidan hanuzgacha elektron imzo bilan tasdiqlanmagan elektron hisobvaraq-fakturasining qog`oz nusxasini taqdim etgan.

Respublikamizda Soliq qonunchiligi takomillashib, Vazirlar Mahkamasining 14.08.2020 yildagi 489-son qarori bilan Davlat soliq qo`mitasida qo`shilgan qiymat solig`idan qochishning oldini olish va to`g`ri hisoblash uchun elektron hisobvaraq-fakturalarning axborot tizimi yaratilgan. Ya`ni, har bir soliq to`lovchi sotilgan tovarni xaridorga jo`natishdan avval elektron axborot tizimi orqali elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtirishi, oluvchi ham elektron imzo bilan qabul qilganligini tasdiqlashi lozim. Bu hisobvaraq-fakturalar Davlat soliq qo`mitasidagi elektron hisobvaraq-fakturalarning axborot tizimida shakllanadi va qo`shilgan qiymat solig`i hisoblash uchun asos bo`ladi.

(Elektron hisobvaraq-fakturasisiz, qo`lda yozilgan qog`oz yuk xati bilan tovarlarni realizasiya qilish shubhali bo`lib, yuk xati faqatgina ortilgan tovarning yo`ldagi tekshiruvlari uchungina foydalanilib, keyinchalik yo`qotilishi orqali soliqdan qochish ehtimoli katta)

Hozirda viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan “MAROQAND GOLD OIL EKSTRAKSIYA” MChJning “OQ SAROY KLASTER” MChJdan elektron hisobvaraq-fakturasi rasmiylashtirilmasdan chigit mahsuloti olib ketilganligi yuzasidan tezkor o`rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Tezkor qidiruv tadbirlari oshkora va nooshkora usullarda o`tkazilganligi sababli ayrim holatlar oshkor etilmaydi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
07.01.2022 22:25
Самарканд билан кашкадаре бошка бошка рес публикани вилоятларими. Иккалови хам битта давлатдаки. Мен аник биламан тепадагиларни 99% амалга пора билан утирган. Буни оддий халк билади. Булмаса бунака ахмокгарчилик булмасди.
04.01.2022 17:00
Иккинчи тарафнинг фикри қани?