Tuzumlarga bo`yin egmagan haqiqiy jurnalist kim?

03.01.2022 18:38

YoXUD O`ZBEKISTON JURNALISTIKASINING HAQIQIY JONKUYaRI TAQIQDAMI?

Bir zamonlar davlat ideologiyasining temir-metin qalqoni hisoblangan bir mulozim “mirzo” “zapret”larining asoratlari hamon ijod va ijodkor ahli uchun to`siq bo`lmoqda. U chizib bergan “qora ro`yxat” ko`plab ijod ahli vakillari uchun ma`nan va ruhan ezish, mavjud hukumatga nafrat tuyg`usi bilan yashashga mahkum etgan edi.

Ammo afsuski, bu “qora ro`yxat” yangi, erkin va ochiq jamiyatda ham saqlanib qolayotganga o`xshaydi. 

Jurnalist va jurnalistikamizga mas`ullardan bo`lgan Prezident matbuot kotibi ham O`zbekiston jurnalistikasining haqiqiy jonkuyarini ko`ra olmayapti. Kechagina korperativ holda bayramni nishonlamaslik haqidagi chiqargan maxsus qarorga ham tupirib, saroy jurnalisti va blogerlariga yangi yilni nishonlab bergan Asadovning ko`zlari bu jurnalistimizga kelganda nima uchundir ilg`amadi.

Hatto jurnalistlar orasiga yangi havo olib kirganini iddao qilayotgan O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi uning yoniga borishga qo`rqadi. Nega?

20 yil mobaynida ijodkor xalqi qo`rquv iskanjasida yashadi, bu siyosat tugatilganiga 5 yil bo`lgan bo`lsa-da, nasimlari hali hamon esmoqdami?

Aytarimiz shuki, shu vaqtgacha hech kimga, butun boshli tuzumga bo`yin egmagan ijodkorni bundan keyin ham taqiqlar bilan tiz cho`ktirib bo`lmaydi.

Tez orada.  Rost24.uz saytida tuzumlarga bo`yin egmagan haqiqiy jurnalist haqida maqola e`lon qilinadi.

Bizni kuzatib boring.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
16
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
04.01.2022 20:41
Карим Баҳриев билан навбатдаги бомба интервью эълон қилинади чоғи
04.01.2022 13:05
Anora Sodiqova deb uylabman. Chunki haqiqiy jurnalist hozircha faqat u
04.01.2022 07:58
Bu mawola Anora Sodiqova haqidami?
04.01.2022 03:16
Qoyilmaqom