Qashqadaryoning yangi hokimi 2 oy oldin ochilgan muzey uchun yana 500 million so`m ajratdi.

10.12.2021 15:59

Qashqadaryo viloyat axborot xizmatining ma`lum qilishicha ajratilgan mablag`lar Kanalizasiya, "ventilyasiya" va ichimlik suv ta`minotini yaxshilashga yo`naltiriladi.

Prezident Shavkat Mirziyoev joriy yilning 11 oktyabrida ushbu muzeyga tashrif buyurgan va aynan shu joyda jurnalistlarning savollariga javob bergan edi.

Qashqadaryo viloyati matbuot xizmatining ma`lumotlariga ko`ra Amir Temur davrida qurilgan masjid muzeyga aylantirilgan va Prezident boshchiligida ochilgan.

"Yomg`irdan keyin muzeydagi kamchiliklar ko`zga tashlandi, kanalizasiya tizimi, ichimlik suvi bilan bog`liq muammolarni hal etish uchun byujetdan yana mablag` ajratildi.

Shuningdek, qurilishdan qolgan qarzlar ham bo`lishi mumkin", – dedi viloyat hokimligi matbuot kotibi Ahror Sodiqov.

Eslatib o`tamiz, Qashqadaryodagi muzey Odina masjidida joylashtirilgan

Odina masjidi 1386 yilda Sohibqiron Amir Temur tomonidan bunyod etilgan. 1868 yili Chor Rossiyasi bosqini davrida masjidning ayvon qismi to`pga tutilib, vayron qilingan. Mustabid tuzum davrida dastlab omborxonaga, 1938 yildan qamoqxonaga aylantirilgan edi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар