Eng ko`p rahbarlik kursisida o`tirgan, ayni damda pensiya yoshida bo`lgan, amaldagi bosh muharrirlar reytingini e`lon qilamiz. Ular ham O`zbekistonda uzoq yillardan buyon amal kursisini egallab kelayotgan siyosatdonlardan kam mashhur emas.
1. Mamatqul Hazratqulov 2001- 2017 yillar davomida O`zbekiston Milliy axborot agentligi, 2017 yildan “Guliston” jurnali bosh muharriri 74 yosh. (20 yil)
2. O`tkir Rahmat 1999 yildan 2007 yilgacha “Qishloq hayoti”, 2007 yildan buyon “Xalq so`zi” va “Narodnoe slovo” gazetalari bosh muharriri, tahrir hay`ati raisi 73 yosh. (21 yil)
3. Safar Ostonov 2002 yildan buyon “O`zbekiston ovozi” va “Golos Uzbekistana” gazetalari bosh muharriri, 73 yoshda. (19 yil)
4. Erkin A`zam 1994 yildan buyon “Tafakkur” jurnali bosh muharriri, 71 yosh. (26 yil)
5. Chori Latipov 1997- 2007 yillarda “Mahalla” gazetasi, 2007 yildan buyon “Qishloq hayoti” gazetasi bosh muharriri 63 yosh. (23 yil)
P.S.: Uzoq yillardan buyon bosh muharrirlik qilib kelayotgan ushbu reytingdagi amaldorlarning beradigan izohlari bordir...