Toshkentda Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy Kengashi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura hamda BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida “II Toshkent Aksilkorrupsiya forumi” bo`lib o`tmoqda.
Forumda O`zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashuvchi vazirlik va idoralar rahbarlari, Senat, nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
Sessiyada BMT, Jahon banki, EXHT, IACA xalqaro aksilkorrupsiya akademiyasi ekspertlari ma`ruza qilishdi. Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida O`zbekistonda olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar xususida ham so`z yuritildi.
Shuningdek, an`anaviy o`tkazib kelinayotgan mazkur aksilkorrupsiya forumida korrupsiyaga qarshi kurashishda eng faol bo`lgan ommaviy axborot vositalari vakillari ham e`tirof etildi.
Rost24.uz axborot sayti Bosh muharriri Anora Sodiqova "Korrupsiyaga qarshi kurashga hissa qo`shayotgan eng faol jurnalist" deb topildi.