Рустам Азимов юқори лавозимга қайтишга умид боғлаяптими?

15.10.2021 17:09

Собиқ бош вазир ўринбосари Рустам Азимов Президент Шавкат Мирзиёев ислоҳотларига ҳақиқатан тан бердими ёки у яна илгариги мансаб даражасига қайтишдан умидворми?

Ижтимоий тармоқларнинг айрим саҳифаларида амалдаги Президентнинг рақобатчиси, деб таърифланаётган Рустам Азимов сўнгги 5 йил ичида илк бор марказий ОАВда кўзга ташланди.

Маълумки, Рустам Азимов Шавкат Мирзиёевнинг илк президентлик даврида Бош вазир ўринбосари лавозимидан озод этилган эди.

Жорий йилнинг 15 октябрь куни орадаги узоқ йиллик жимликдан сўнг Рустам Азимов Президентнинг беш йиллик ислоҳотларини таърифлаб Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигида мақола эълон қилган.

У ўз мақоласида Мирзиёевнинг 5 йиллик ислоҳотларидан ҳайратда эканини билдирган. “...мамлакатимиз сиёсий, иқтисодий ва ижтимоий ҳаётида кейинги 5 йилда бўлган ўзгаришларни ўйлаганда одам ҳайратда қолади”, деб ёзади Рустам Азимов.

Рустам Азимов айни дамда “Ўзбекинвест” экспорт-импорт суғурта компанияси” акционерлик жамияти бош директори ҳисобланади.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
6
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
27.10.2021 11:33
Маддохлик килишни бошлабдими, демак одамгарчиликдан хам чикишни хам бошлабди...
21.10.2021 16:11
Paxtachi Rustik
21.10.2021 16:10
Sani voobshe keraging yo'q. 20 yil moliya vaziri, Bosh vazir o'rinbosari bo'lib ishlab oddiy xalqqa biron yo'rdaming tegmadi. Bola pulini yo'q qilgan ham, shoshma shosharlik bilan plastik kartani amalga kiritgan, naqdlashtirishda 20-25 foizni yuzaga keltirgan ham sensan, o'risqul. O'zbek tilini hatto yaxshi bilmaydi.
19.10.2021 06:58
Men faqat shu odam aybdor demadim, bu odam ham shu qozonda qaynagan dedim. Bu razil moliya tizimidan o'z hohishi bilan chiqib ketishi mumkin edimi - menimcha ha. Lekin u odam o'sha payt ketdimi, afsuski yo'q. Siz aytgan rasmiy kursda uncha muncha odam dollar ololmasdi. U faqat simvolik raqam edi. Asl kurs bozorda rasmiy kursdan ikki baravat yuqori edi. Moshina olaman desangiz bozordan 2 baravar qimmatga dollar olib rasmiy kursda moshina olardingiz. Yoki bu faktniyam rad etasizmi?
17.10.2021 20:44
Aslida, plastik kartadan 20 foizlik naqd qilinishi uchun faqat bir shaxs aybdor bulmasa kk! Bu inson kuchli mutaxassis bulsa kerakki, birinchi prezident bn 25 yil ishladi. Lekin shu odam moliyani tizimini boshqarganda 1$=4500 edi.
17.10.2021 03:48
Bu odamni yaxshi gapirganiga ba'zilar mahliyo bo'lishardi xayolimda. Shu jumladan bu odam ishtirokidagi bank moliya sohasida 15 - 20 foizlik obnalichka tizimi mavjud edi. Bir katta shaharda bo'lsa 4 ta bankomat bo'lib ular ham ishlamas edi. Nafaqaxo'r otaxon onaxonlar tong sahardan pochta binosiga borib ro'yxatga yozilardi. Pul yetsa 12 soatlab kutib olardi. Yetmasa, yana shu holat davom etardi. Bu ishlarda bu vazirni qanchalik ishtiroki bo'lgan bu bizga qorong'u, ammo shunisi ma'lumki eski tizimda bu odam ham ishlagan. Jimgina ishdan o'z hohishi bilan ketishi mumkinmidi, menimcha albatta mumkin edi. Ammo rahbariyatda prinsipiallik tamoyili bo'lmagani uchun bu inson ham issiq kursisida o'tirib vazifasidan olib tashlanishigacha kutdi. Olib tashlashmasa aniq joyida o'tiraverardi.
16.10.2021 05:32
Нимадан ҳайратда эканлар бу мулозим биз ҳам бир ҳайратланайлик.
15.10.2021 23:19
Rustam akadek moliyani tushunadigan moliyachilar judda kam shu darajada moliyaviy mutaxassiskiy xalqqi bittada aldab ketoladi.