O`zbekistondan 66 kishi Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida qatnashib halok bo`lgan

14.07.2025 18:12

O`zbekistondan 66 kishi Rossiyaning Ukrainaga keng ko`lamli urushida Rossiya tarafida qatnashib halok bo`lgan. Bu haqda BBC rus xizmati ochiq ma`lumotlarga tayanib xabar berdi. 

BBC ushbu hisob-kitoblarni «Mediazona» nashri va ko`ngillilar jamoasi bilan birgalikda tayyorladi. Ular vafot etgan 118 139 nafar Rossiya harbiysining ismlarini aniqlashga muvaffaq bo`lgan. Ular orasida 28 ta mamlakat fuqarolari bor. Ular shartnomani imzolash paytida Rossiya fuqaroligiga ega bo`lmagan va o`limi ochiq manbalar — rasmiylar xabarlari, qarindoshlarining ijtimoiy tarmoqlardagi postlari yoki qabrlarning fotosuratlari asosida tasdiqlangan chet el fuqarolaridir. Nomma-nom ro`yxatni tuzishda Ukraina tomoni ma`lumotlari va G`arb razvedka nashrlaridan foydalanilmagan.

Chet elliklar orasida halok bo`lganlar soni bo`yicha katta ehtimol bilan KXDR etakchilik qilmoqda. Rasmiy Pxenyan o`z yo`qotishlari haqidagi ma`lumotlarni yashirmoqda, shuning uchun hozircha Shimoliy Koreyadan birorta halok bo`lgan odamning ismini aniqlash imkoni bo`lmagan. Janubiy Koreya razvedkasining aprel oyidagi hisob-kitoblariga ko`ra, frontda 600 ga yaqin shimoliy koreyalik askar halok bo`lgan.

Fuqarolari Rossiya tomonida jang qilib halok bo`lgan Top 5 davlat:

Tojikiston — 72;
Nepal — 70;
O`zbekiston — 66;
Gruziya (Janubiy Osetiya va Abxaziya qo`shib hisoblangan) — 63;
Ukraina — 54.

Shuningdek, Qirg`izistondan 34 kishi, Qozog`istondan 24 kishi, Turkmanistondan esa 8 kishi mana shu ro`yxatdan joy olgan.

Tojikistondan 43 nafar va O`zbekistondan 46 nafar shaxs qamoq jazosini «nollashtirishga» uringan, ular aksariyat hollarda «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi bilan shartnoma tuzgan, deb ta`kidlaydi BBC.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар