"Oltin qalam" mukofoti bilan taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi

27.06.2025 20:30

Oltin qalam” XIX Milliy mukofotining rag`batlantiruvchi nominasiyalarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.

Tanlovning rag`batlantiruvchi 12 ta nominasiyasi g`oliblari diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va bazaviy hisoblashning 100 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Oltin qalam" Bosh Milliy mukofoti sohibiga Onix avtomobili berildi.

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyotni targ`ib qiluvchi eng yaxshi materiallar uchun: 
"Oila va tabiat" gazetasining Qoraqalpog`iston va Xorazm bo`yicha muxbiri Po`lat Ermatov

Davlat  tilini rivojlantirish, nufuzini yanada oshirishga bag`ishlangan eng yaxshi tahliliy materiallar uchun:
"Yangi Sirdaryo" gazetasi Bosh muharriri Bahrom Boymurotov

Publisistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun rag`batlantiruvchi mukofot:
"Guliston" Bosh muharriri Mamatqul Hazratqulov

Ta`lim-tarbiya sohasidagi  islohotlar yoritilgan eng yaxshi materiallar uchun:
"Hurriyat" gazetasi Dilmurod Qirg`izboevga berildi

OAVda e`lon qilingan eng yaxshi milliy kontent (materiallar) uchun: 
"Daryo.uz"ning Andijondagi muxbiri Umidjon Mamarasulov

Dolzarb mavzudagi eng yaxshi tanqidiy-tahliliy materiallar uchun:
Qalampir.uz Bosh muharriri Qamariddin Shayhov

Umummilliy hamjihatlikni targ`ib qilish va mustahkamlashga qaratilgan eng yaxshi materiallar uchun:  
"Ovozi tojik" gazetasi muxbiri Faridun Yo`ldoshev

Yoshlar hayotiga oid eng yaxshi materiallar uchun:
Nafaqadagi erkin ijodkor Muqaddas Abdusamatova

Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatiga bag`ishlangan eng yaxshi materiallar uchun: 
"Siyosat" studiyasi siyosiy sharhlovchisi Inobat Normurodova

Oila va mahalla hamkorligi bo`yicha eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun:
"Zo`r Tv" "Bu kun" dasturi rahbari Muslimbek Abdurahimov

Sport sohasi yoritilgan eng yaxshi materiallar uchun:
Toshkent haqiqati Bosh muharriri o`rinbosari Suhrob Sadirov

Eng yaxshi fotoreportaj uchun:
Husniddin Ato

Shuningdek, Bosma OAV nominasiyasi

3-o`rin
"Jamiyat" gazetasi bosh muharriri Maqsud Jonixonov
2-o`rin
—"Xalq so`zi" bo`limi muharriri Fahriddin Bozorov
—"Imkoniyat" gazetasining Samarqand viloyati muxbiri
Holboy Sohibov
1- o`rin
—"Buxoro yoshlari" Laylo Hayitova
—"Yangi O`zbekiston" bo`lim muharriri Yunus Bo`ronov

Internet yo`nalishi
3-o`rin — Ruslan Saburov, KUN.UZ
2-o`rin — Ziyodilla Jonibekov, O`zA
1-o`rin "Dunyo" AA Farida Islomova

Radio yo`nalishi

3-o`rin — Mohigul Azimova, Yoshlar radiosi
2-o`rin "Oltin Voha" muharriri Shahnoza Qosimova
1- o`rin "O`zbekiston" radiosi Halima Mahamadsaidova

TELEVIDENIE YO`NALIShI

3- o`rin — Qoraqalpog`iston Tv
Zulfiya Jabborbergenova
2-O`rin — "Milliy" kanal jurnalisti Olimjon Xasanboev
—"O`zbekiston 24" Jahongir Mardonov
1-o`rin — "Mening yurtim" telekanali jamoasi Qobiljon Ahmedov

Chet ellik jurnalistning O`zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun

2-o`rin
— "RIA Novosti" jurnalisti Dmitriy Povarov
—TRT muxbiri Shohruhbek Olimov
—The London Post gazetasi jurnalisti Zara Said
—"Biznes Indiya" jurnalisti Eshi Sili
1-o`rin—Kazinform"jurnalisti Madibek Janibekov

"Oltin qalam" Bosh Milliy mukofoti sohibi "Gulhan" jurnalidan Zahro Xasanovaga Onix avtomobili berildi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар