Bugun, 21 iyun kuni futbol ishqibozlari uchun muhim tadbir — Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) Kubogi doirasida Toshkent shahar bosqichining qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi.
Tadbirda jamoalar vakillari, sport sohasi mutaxassislari va DXX rahbariyati ishtirok etdi. Qur`a tashlash jarayoni musobaqaning hal qiluvchi bosqichlariga start bergan bo`lib, unda ishtirok etuvchi jamoalar o`rtasidagi qiziqarli va shiddatli bahslarga ham zamin yaratdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, kubok doirasida joriy yilning 12 aprelidan 10 iyunigacha poytaxtimizdagi 585 ta mahalla jamoalari o`rtasida futbol, o`g`il xamda qiz bolalar o`rtasida mini-futbol musobaqalari bo`lib o`tgan. Musobaqada jami 15 mingdan ortiq yoshlar ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbir tashkilotchilarining ta`kidlashicha, mazkur musobaqa nafaqat sport mahoratini namoyon etish, balki yoshlar orasida sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, do`stona raqobat muhitini shakllantirish va vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga qaratilgan.
Ma`lumot uchun, DXX futbol kubogi 2021 yilda Davlat xavfsizlik xizmati, O`zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyati va Abdusalom Azizov tashabbusi bilan tashkil etilgan bo`lib, musobaqa O`zbekistonning tuman, shahar va viloyatlar kesimida yoshlar o`rtasida mini-futbol bo`yicha o`tkazib kelinmoqda.
Shuningdek, birinchi marta 2021 yil 30 mart kuni o`tkazilgan musobaqada 18–30 yosh oralig`idagi 7 779 nafar yosh ishtirok etgan.
Qur`a natijalariga ko`ra, futbol bo`yicha quyidagi jamoalar guruhlarda o`zaro bahs olib boradi:
Mazkur bellashuvlar yaqin kunlarda boshlanadi. Musobaqada g`olib chiqqan jamoalar DXX Kubogining yakuniy bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo`lga kiritadi.