Shahrisabz tumanida “Iqtisodiy rivojlanish va raqobatbardoshlikni oshirishda kichik va o`rta biznes imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusida bo`lib o`tgan xalqaro konferensiya doirasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan taqdimotlar o`tkazildi.
Bank tashkil etgan “Kichik va o`rta biznesning imkoniyatlarini oshirishda Biznesni rivojlantirish bankining tashabbuslari” nomli davra suhbatida “Kichik biznesni uzluksiz qo`llab-quvvatlash” dasturi ijrosi bo`yicha erishilayotgan natijalar haqida axborot berildi. Qayd etildiki, bank mazkur Dasturning asosiy tayanch banki sifatida tadbirkorlikni kengaytirish, xududlarda yangi ish o`rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan biznes loyihalarni faol moliyalashtirib kelmoqda. Bank tadbirkorlar uchun qulay shartlarda mahsulotlar va xizmatlarni joriy etmoqda.
Tadbirlar davomida ishtirokchilar bankning “Tadbirkorga qulay bank” konsepsiyasi bilan tanishtirildi.
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB Boshqaruvi raisining birinchi o`rinbosari Shahzod Yusupov bank ilg`or echimlar beruvchi, biznes uchun qulay innovasion bank bo`lishga intilayotganini ta`kidladi. Muloqotlarda ishtirok etgan Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yaponiyaning Yamagata universiteti vakillari bankning biznes rivojidagi o`rni va hissasini alohida e`tirof etishdi.
Shuningdek, mijozlar bank moliyaviy ko`magida muvaffaqiyatli tatbiq etilayotgan loyihalari va amaliy tajribalari haqida so`zlab berdilar.
Tadbirlarda xalqaro moliyaviy institutlari, tadbirkorlar bilan biznesni qo`llab-quvvatlashga doir yangi tashabbuslar va echimlar haqida o`zaro fikr almashildi.