“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisi Saxi Annaklichev Farg`ona vodiysida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqotlarda ishtirok etdi. Bunday tadbirlar Andijon, Namangan va Marg`ilon shaharlarida tashkil etildi.
Uchrashuvlarda Savdo-sanoat palatasi, Kadastr agentligi va mahalliy hokimiyat organlari vakillari bilan birgalikda tadbirkorlar faoliyatida duch kelayotgan masalalarga ijobiy echimlar berildi.
Muloqotlarda asosiy e`tibor yangi ish o`rinlari yaratishga doir biznes loyihalarini moliyalashtirish, bank kreditlaridan maqsadli foydalanish, tijorat er uchastkalarini rasmiylashtirish va kadastr hujjatlari bilan bog`liq masalalarga qaratildi.
Bank rahbari “Biznesni rivojlantirish banki” davlatimiz rahbarining qarori bilan “Kichik biznesni uzluksiz qo`llab-quvvatlash” kompleks dasturining asosiy tayanch banki etib belgilanganini ta`kidlab, bank har bir hududning o`ziga xos imkoniyatlaridan kelib chiqib tadbirkorlarni moliyaviy va huquqiy jihatdan qo`llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.
Uchrashuvlarda ko`tarilgan masalalarning aksariyati shu erning o`zida ijobiy hal etildi.
Shuningdek, Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisining o`rinbosarlari ham Qoraqalpog`iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda mahalliy tadbirkorlar bilan o`tkazilgan uchrashuvlarda ishtirok etdi.
Xududlarda bo`lib o`tgan muloqotlarda tadbirkorlar tomonidan bildirilgan takliflar hamda g`oyalar asosida loyihalar tayyorlab, amaliyotga joriy etish bo`yicha aniq va manzilli choralar ko`rish yuzasidan vazifalar belgilandi.
Shuningdek, uchrashuvlar davomida mutaxassislar tomonidan bank mahsulotlari va ulardan foydalanish shartlari bo`yicha ma`lumotlar berildi.