Toshkent shahar Yunusobod tumani 8-mavzesidagi gaz tarmoqlarida ta`mirlash ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 22 may kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha tumandagi ayrim hududlarda gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda “Hududgazta`minot” AJ axborot xizmati xabar berdi.
Aholi iste`molchilari: Yunusobod 2–19-dahalardagi ko`p qavatli uylar, “Anorzor”, “Shahriston”, “Kulolqo`rg`on”, “Yo`lariq”, “Turkiston”, “Registon” “Bobodehqon” MFYlari hamda Registon, Mirzaahmedova, Moyqo`rg`on, Binkat, Yuqori Qoraqamish ko`chalaridagi xonadonlar. Shuningdek, 480 ta ulgurji iste`molchilardan ham gaz ta`minoti to`xtatiladi.
Shuningdek, quyidagi mahallalarda gaz bosimi pasayadi: “Otchopar 1”, “Otchopar 2”, “Yunusobod”, “Posira”, “Hiyobontepa”, “Bodomzor”, “Shivli”, “Firdavsiy”, “Yangitarnov”, “M. Ulug`bek”, “Buyuk Turon”, “Bo`zsuv”, “Iftixor”, “Jomiy”, “Turqo`rg`on”, “Yangiariq”, “U. Shirin”, “Minor” va “Matonat” MFY.