"BRB-TECH" kompaniyasi vakillari xalqaro sammitda ishtirok etdi

14.05.2025 09:51

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida “Dubai Fintech Summit - 2025” sammiti bo`lib o`tdi. Raqamli moliya, sun`iy intellekt, blokcheyn va moliyaviy innovasiyalar bo`yicha dunyoning etakchi mutaxassislarini o`zida birlashtiruvchi mazkur sammit sohadagi xalqaro miqyosda o`tkaziladigan eng nufuzli tadbirlar sirasiga kiradi.
E`tiborlisi, bu yilgi tadbirda "Biznesni rivojlantirish banki"ning "BRB-TECH" IT-kompaniyasi vakillari ham ishtirok etdi.

Sammit doirasida “Alibaba Cloud” va Birlashgan Arab Amirliklari Markaziy banki (CBUAE) kabi yirik muassasalar bilan Sun`iy intellekt (AI), Fintech va Raqamli pul (Digital Money) yo`nalishlarida hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`yish yuzasidan dastlabki muzokaralar o`tkazildi.

Bu safar "BRB-TECH" jamoasi uchun xalqaro maydonda o`z imkoniyatlarini kengaytirish, hamkorlik tarmog`ini mustahkamlash va O`zbekiston fintex ekotizimini ilgari surishdagi muhim qadamlardan biri bo`ldi. Mazkur xalqaro tadbir yanada kuchliroq integrasiya, innovasion echimlar va mintaqaviy etakchilik sari yo`l ochgani bilan yanada ahamiyatlidir.

Ma`lumot uchun, "Dubai Fintech Summit 2025" moliyaviy texnologiyalar bo`yicha global hamkorlik maydoni bo`lib, DIFC (Dubai International Financial Centre) tashabbusi bilan tashkil etildi.
Bu yilgi tadbirlar 150 dan ortiq global spikerlar – fintex, bank va regulyator sohalaridagi 10 mingdan ortiq ishtirokchini o`zida birlashtirdi. Sammit 100 dan ortiq davlatlar vakillarini qamrab olganini ham alohida ta`kidlash joiz.

Bir so`z bilan aytganda, mazkur sammit butun dunyo bo`ylab fintex yo`nalishida hamkorliklarni yo`lga qo`yish, innovasiyalarini joriy etish va raqamli transformasiyani jadallashtirish uchun muhim platformaga aylandi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар