“El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

13.05.2025 11:39

O`zbekistonda Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi. Bu haqda joriy yilning 5 may kuni qabul qilingan “Iqtidorli mutaxassislarning xorijda ta`lim olishini  qo`llab-quvvatlash, ularda kasbiy ko`nikmalarini rivojlantirish va rag`batlantirishga oid qo`shimcha chora tadbirlar to`g`risida”gi Prezident farmonida so`z boradi.

Farmonga ko`ra, “El-yurt umidi” jamg`armasi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo`yicha  “El-yurt umidi” jamg`armasi etib qayta tashkil etilgan.

“El-yurt umidi” jamg`armasining asosiy vazifalari quyidagilar belgilandi:

professional, chuqur bilimga ega, zamonaviy fikrlaydigan va vatanparvarlik ruhida tarbiyalangan kadrlarga bo`lgan talabni o`rganib borish;
nomzodlarni vazirlik, idora va iqtisodiyot tarmoqlarining strategik korxonalari ehtiyojlariga mos holda professional yo`naltirish;
stipendiatlarning O`zbekistonga qaytgandan so`ng mehnat faoliyati va ijtimoiy himoyasi uchun munosib shart sharoitlar yaratish hamda ularni qo`llab quvvatlash bo`yicha takliflar kiritish;
mamlakatimizning xalqaro maydondagi ijobiy imijini yanada oshirish uchun stipendiatlar salohiyatidan samarali foydalanish.

2025 yil 1 sentyabrdan boshlab:

vazirlik, idora, iqtisodiyot tarmoqlarining strategik korxonalari orasidan maqsadli stajirovkaga yuboriladigan nomzodlar ro`yxati shakllantiriladi;
stajirovka tashkil etiladigan xorijiy tashkilotlar va stajirovka muddati buyurtmachilar, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va “El-yurt umidi” jamg`armasi tomonidan belgilanadi;
maqsadli stajirovkaga yuboriladigan mutaxassislarning stajirovka o`tashda zarur bo`ladigan xorijiy tilni o`rganishi uchun vazirlik, idora va iqtisodiyot tarmoqlarining strategik korxonalari tomonidan tegishli sharoitlar yaratib beriladi.

Shuningdek, farmonga ko`ra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo`yicha ta`lim olish uchun eng munosib nomzodlarni saralash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi:

“El-yurt umidi” stipendiyasi g`oliblari ochiq tanlov asosida test sinovlari 
va suhbat o`tkazish orqali aniqlanadi;
test sinovlarida nomzodlarning intellektual, tahlil qilish va kreativlik qobiliyatlari, psixologik barqarorligi baholanadi.

Bakalavriat bo`yicha  hamda magistratura va doktorantura bo`yicha xalqaro reyting tashkilotlarining global reytingi natijalariga ko`ra:

birinchi 100 talikka kiritilgan xorijiy oliy ta`lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari ta`lim dasturlari bo`yicha o`qish xarajatlari (tuition fee) to`liq qoplanadigan grant asosida qabul qilingan nomzodlarga “El-yurt umidi” jamg`armasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi;
birinchi 300 talikka kiritilgan xorijiy oliy ta`lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga  qabul qilingan nomzodlarga xalqaro transport va turarjoy xarajatlari uchun “El-yurt umidi” jamg`armasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi;
birinchi 20 talikka kiritilgan xorijiy oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim dasturlari bo`yicha  o`qish xarajatlari (tuition fee) kamida 50 foiz qoplanadigan grant asosida qabul qilingan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablari bitiruvchilariga “El-yurt umidi” jamg`armasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар