“Biznesni Rivojlantirish Banki” ATB ta`sischiligida tashkil etilgan mikromoliya tashkilotining ochilish marosimi bo`lib o`tdi.
Ochilish marisimida so`zga chiqqanlar bank tizimida amalga oshirilayotgan yangilanishlar xizmatlar ko`lami va sifatini zamon talablari asosida muntazam yaxshilab borishga zamin hozirlayotganini ta`kidlashdi.
Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PQ-364-sonli “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda mikromoliya xizmatlarining o`rni va ulushini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Qarorida tijorat banklariga respublikada mikromoliya xizmatlarini kengaytirish vazifasi yuklatilgan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta`minlash hamda mikro, kichik va o`rta biznes sub`ektlariga, shuningdek jismoniy shaxslarga va rasmiy daromadiga ega bo`lmagan aholi qatlamiga mikromoliya xizmatlari ko`rsatish maqsadida “Biznesni Rivojlantirish Banki” ATB ta`sischiligida mikromoliya kompaniyasi tashkil etildi.
Tashkilot yakka tartibdagi tadbirkorlar, o`zini o`zi band qilgan fuqarolar hamda barcha turdagi kichik biznes sub`ektlari uchun mikromoliya xizmatlari ko`rsatishni maqsad qilgan.
Bu jarayonda jismoniy shaxslar ham o`z biznes g`oyalarini hayotga tatbiq qilish uchun moliyaviy ko`mak olish orqali bevosita ishtirok etishlari mumkin. E`tiborlisi, tadbirkorlar uchun 100 mln. so`mgacha mikrokreditlar garovsiz taqdim etiladi, 300 mln. so`mgacha esa, ta`minot asosida mikroqarzlar ajratilishi ko`zda tutilgan.
Qatnashchilar tashkilotda yaratilgan shart-sharoit va taklif etilayotgan xizmatlar bilan bevosita tanishdi.
Reklama huquqi asosida