Endi Hajga ruxsatnomasiz borganlar 10 yilga deportasiya qilinadi

29.04.2025 16:44

Saudiya Arabistoni 29 apreldan boshlab ruxsatsiz haj amalini ado etganlar va bunga ko`maklashganlarga jazo choralarini kuchaytiradi.

Vizasi tugaganlarga boshpana bergan yoki ularni hajga olib borgan shaxslarga ham jarima qo`llaniladi. Makka va Madina shahriga faqat haj uchun maxsus viza asosida kirishga ruxsat beriladi. Boshqa hollarda esa quyidagicha chora qo`llaniladi:

1) Haj ibodatini ruxsatnomasiz ado etayotgan yoki ado etishga urinayotgan shaxslarga 20 000 Saudiya rialigacha (5,3 ming AQSh dollari) jarima solinadi. Makka shahri va muqaddas joylarga kirishga yoki u erda qolishga uringan barcha turdagi tashrif vizalari egalariga ham xuddi shunday jazo qo`llaniladi.

2) Ruxsatsiz haj qilgan yoki qilishga uringan shaxs nomidan tashrif vizasi olganlar, yoki belgilangan davrda Makkaga kirgan/yashaganlar uchun ham 100 000 Saudiya rialigacha (taxminan 26 ming AQSh dollari) jarima qo`llaniladi.

Bu jarima har bir qonunbuzar uchun alohida hisoblanadi, ya`ni ishtirokchilar soniga qarab ko`payadi.
Haj mavsumida tashrif vizasiga egalarni Makka shahri va muqaddas ziyoratgohlarga olib borgan yoki bunga uringan, shuningdek, ularga mehmonxonalar, kvartiralar,boshpanalar yoki haj ziyoratchilarining turar joylarida boshpana bergan yoki berishga uringan shaxslar ham 100 000 rialigacha jarima to`laydi. Bu jarima yashiringan va bunga yordam bergan odam uchun alohida bo`ladi.

3) Ruxsatsiz Makkaga kirib haj qilishga uringan shaxslar, xoh ular rezident bo`lsin, xoh vizasi tugagan shaxslar, o`z mamlakatiga deportasiya qilinadi va 10 yil davomida Saudiya Arabistoniga kirish taqiqlanadi.

4) Ruxsatnomaga ega bo`lmaganlarni haj uchun Makka va muqaddas joylarga olib borgan quruqlikdagi transport vositalari sud orqali musodara qilinadi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар