O`zbekiston sog`liqni saqlash sifati bo`yicha reytingda 110 davlat orasida 64-o`rinni egalladi

27.03.2025 09:36

O`zbekiston Ceoworld Magazine jurnalining sog`liqni saqlash tizimi sifati bo`yicha mamlakatlar reytingida dunyodagi 110 ta davlat orasida 36,26 indeks bilan 64-o`rinni egalladi. Bu haqda Ranking xabar berdi. 

Indeks 100 ga qanchalik yaqin bo`lsa, mamlakat sog`liqni saqlash tizimi shunchalik yaxshi deb hisoblanadi.

MDH va Markaziy Osiyo davlatlari orasida O`zbekiston ro`yxatning o`rtasidan joy oldi:

Rossiya (42-o`rin);
Ozarbayjon (57-o`rin);
Belarus (61-o`rin);
O`zbekiston (64-o`rin);
Ukraina (76-o`rin);
Qozog`iston (78-o`rin);
Turkmaniston (95-o`rin).
Tayvan, Janubiy Koreya va

Avstraliya sog`liqni saqlash tizimlari eng yaxshi deb tan olindi, Salvador, Gonduras va Nepal sog`liqni saqlash tizimlari esa — eng yomoni deb.

Eslatib o`tamiz, ushbu indeks sog`liqni saqlash tizimi umumiy sifatining statistik tahlilini o`z ichiga oladi. Jumladan, sog`liqni saqlash infratuzilmasi, tibbiyot mutaxassislarining (shifokorlar, hamshiralar va boshqa tibbiyot xodimlari) malakasi; tibbiy xizmatlar narxi (jon boshiga AQSh dollarida), sifatli dori vositalarini olish imkoniyati va hukumatning bu boradagi ishlarda qanchalik tayyorligi inobatga olinadi. Atrof-muhit holati, toza ichimlik suvi bilan ta`minlanganlik darajasi kabi boshqa omillar ham hisobga olinadi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар