Co`nggi 10 yilda Ozarbayjon fuqaroligini olgan o`zbekistonliklar soni 60 mingdan oshdi

04.01.2025 12:05

O`zbekistonlik mehnat migrantlari Ozarbayjonga mamlakatdan chiqish va ish topish imkoniyati sifatida, shuningdek, bu davlatda yashash va o`z oilasini olib kelish uchun qiziqish bildira boshlagan. Bu haqda “Migranto” nashri xabar berdi.

Ozarbayjon statistik ma`lumotlariga ko`ra, so`nggi 10 yil ichida mamlakatda Ozarbayjon fuqaroligini olgan o`zbekistonliklar soni 60 mingdan oshgan.

Bakuda ish haqi Toshkentdagidan 60% yuqori

“Bakuda ish haqi Toshkentdagidan 60% yuqori, mehnat bozori ochiq va tanlash imkoniyati ko`p, ijaraga uy olish narxlari esa arzonroq. Mamlakatlar mentaliteti bir-biriga juda o`xshash, shuning uchun bu erga moslashish qiyin emas”, deb o`z fikrlari bilan bo`lishgan o`zbekistonlik Ulug`bek ismli erkak.

Qayd etilishicha, u 2018 yilda Bakuga ishga kelib, qaytib ketmagan. Yagona to`siq esa til bo`lgan, ammo qisqa muddatda ozarbayjon tilini mukammal o`rgangan va bu erda oila qurib mahalliy ozarbayjonlik qizga uylangan.

“Hozir bemalol o`zbek va ozarbayjon tillarida gaplasha olaman, rus tilini ham bilaman. Bu erda yashayotganimga 6 yil bo`ldi, yaxshi ish topdim, uylanganman va o`g`lim bor. Rafiqam mahalliy ozarbayjonlik, u oddiy va kamtarin, bu esa o`zbek ayollariga xos emas, ular doimo ko`p narsa talab qilishadi”, deydi o`zbekistonlik.

Nashrning yozishicha, Ozarbayjonda tug`ilish ko`rsatkichlarining pastligi mamlakatga yanada ko`proq mehnat migrantlarini, jumladan, erkaklar va ayollarni jalb qilmoqda. Ayniqsa, sanoat va turizm sohalarida oddiy ishchi kuchi etishmaydi.

Statistik ma`lumotlarda ko`rsatilishicha, 2030 yilga kelib Ozarbayjonda millati o`zbek bo`lgan aholining soni bir necha barobarga oshishi va o`zbek jamoalari mamlakat umumiy aholisining 3 foiziga etishi mumkin.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар