Joriy yilning aprel oyida O`zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va Ozarbayjon Matbuot kengashi o`rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Mazkur hujjatda ikki davlatning taniqli va etakchi jurnalistlari ishtirokida yosh jurnalistlar uchun doimiy ravishda master-klass, seminar, davra suhbatlari o`tkazish ko`zda tutilgan.
Shunga muvofiq, Boku shahrida O`zbekiston Jurnalistlar uyushmasi qoshidagi "Yosh jurnalistlar" Kengashi tashabbusi bilan ozarbayjonlik yosh jurnalistlar ishtirokida muloqot tashkil etildi.
Tadbirda O`zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi v.b. Xolmurod Salimov, taniqli jurnalist, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi Xurshid Do`stmuhammad, Oliy Majlis Senati a`zosi, "Adabiyot ziyosi" gazetasi bosh muharriri Mahmud Toir, Uyushma qoshidagi "Yosh jurnalistlar" Kengashi raisi Shuhrat Oripov ishtirok etdi.
Unda O`zbekiston jurnalistikasining bugungi kuni, informasion xurujlar sharoitida feyk xabarlar va dezinformasiyaga qarshi kurashish haqida fikr almashildi.
Mavzu yuzasidan muhokamalarda Ozarbayjon Matbuot kengashi boshqaruvi a`zosi Xajibey Haydarli, Matbuot kengashi mas`ul kotibi Avaz Rustamov, "Islohotchi yoshlar" NTM rahbari Farid Shahbazli, Azxabar.com veb-sayti rahbari Afseleddin Agalarovlar ham o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.
Muloqot davomida 2025 yilda amalga oshirilishi ko`zda tutilayotgan loyiha va tadbirlar bo`yicha ham kelishib olindi.