Milliy assambleya tomonidan Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol vaqtinchalik lavozimidan chetlashtirildi. Bu haqda "Yonhap" nashri xabar berdi.
Konstitusiyaviy sud uni lavozimiga tiklash yoki lavozimidan chetlashtirish to`g`risida qaror qabul qilguniga qadar o`z vazifasidan chetlashtirildi. Bosh vazir Xan Dak Su esa prezident vazifasini bajaruvchi etib belgilandi.
Yun Sok Yolga nima uchun impichment e`lon qilindi?
Barchasi prezident Yun Sok Yolning 3 dekabr kuni mamlakatda harbiy holat e`lon qilganidan keyin boshlandi. Dastlab, 9 dekabr kuni Adliya vazirligi tomonidan prezidenting bu harakati uchun chet elga chiqishini taqiqladi. Shuningdek, Yun Sok Yolning tasodifiy harbiy holat e`lon qilishi konstitusiyaga zid va o`z vakolatini suiiste`mol qilish deb topildi va 14 dekabr kuni Janubiy Koreya parlamentining 204 nafar a`zosi (umumiy deputatlarning 2/3 qismi) ovoz berib, unga nisbatan impichment e`lon qilindi.
Impichment o`zi nima?
Impichment - bu qonun chiqaruvchi organ yoki boshqa qonuniy tashkil etilgan sud tomonidan davlat mansabdor shaxsiga nisbatan qonunbuzarlik uchun e`lon qilingan ayblov jarayoni.
Janubiy Koreya prezidenti nega harbiy holat e`lon qildi?
Uning so`zlariga ko`ra, konstitusiyaviy tuzumni "Shimoliy Koreyaga xayrixoh kommunistik kuchlar"dan himoya qilish maqsadida bunday qarorga kelgan.
"Men hech qachon taslim bo`lmayman. Menga qaratilgan barcha tanqid, dalda va qo`llab-quvvatlashni qabul qilaman va oxirigacha millat uchun qo`limdan kelganini qilaman", — deydi Yun Sok Yol impichment qaroriga javoban.
Xalq munosabati
14 dekabr kuni Seuldagi Milliy Assambleya yaqinida prezident Yun Suk Yol qarshi impichment e`lon qilinganidan keyin namoyishchilar ushbu qarorni olqishlab chiqishdi.
Ma`lumot uchun impichment bo`yicha sud jarayoni 180 kungacha davom etishi mumkin. Agar bu tasdiqlansa, Yun Sok Yol rasman lavozimidan chetlatiladi va 60 kun ichida navbatdan tashqari prezidentlik saylovi bo`lib o`tadi.