O`zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida qo`shimcha lavozim joriy qilindi

14.12.2024 11:40

O`zbekiston Respublikasining Rossiya Federasiyasidagi Elchixonasining faoliyati samaradorligini oshirish to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ-434-son, 13.12.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko`ra, O`zbekistonning Rossiya Federasiyasidagi Elchixonasining shtat jadvaliga, birinchi kotib – O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi vakili qo`shimcha lavozimi kiritildi.

Quyidagilar vakilning asosiy vazifalari etib belgilansin:

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligi o`rtasidagi o`zaro ishonch va xalkaro hukukning umume`tirof etilgan prinsip va normalariga asoslangan holda yaqin hamkorlikni kuchaytirish;

O`zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federasiyasi o`rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va jamoat xavfsizligini ta`minlash masalalarida hamkorlikni rivojlantirish bo`yicha muntazam ravishda puxta ishlangan amaliy takliflarni tayyorlash, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi fukarolarining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta`minlash masalalarida xalkaro hamkorlikni kengaytirishga ko`maklashish;

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan Rossiya Federasiyasining Ichki ishlar vazirligi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari o`rtasida uyushgan jinoyatchilik, terrorizm, ekstremizm, odam savdosi, noqonuniy migrasiya va boshqa turdagi jinoyatlarga karshi kurashish, ularning fosh etilishiga ko`maklashish hamda ushbu yo`nalishlarda tezkor ma`lumot almashinuvini tashkil etish bo`yicha amaliy hamkorlikni kuchaytirish;

O`zbekiston Respublikasi fukarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo`yicha konsullik funksiyalarini bajarishga ko`maklashish;

O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning jinoyatchilik, xukukbuzarlik, odam savdosi va noqonuniy migrasiya masalalari bo`yicha og`zaki, yozma yoxud elektron shakldagi murojaatlarini qabul qilish hamda ko`rib chiqish.

Vakil ichki ishlar organlaridagi faoliyati bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga bo`ysunadi.

Shuningdek, vakilni saklash xarajatlari O`zbekiston Respublikasining 2025 yilga mo`ljallangan Davlat byudjetida ko`zda tutilgan xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarini moliyalashtirish hajmida inobatga olinadi.

Elchixonaga bitta avtotransport vositasini xarid kilish va saqlash uchun qo`shimcha limit hamda mablag` ajratiladi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар