Ikkilamchi avtomobil bozorida narxlar arzonlashda davom etyapti

13.12.2024 09:27

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari noyabr oyida ikkilamchi bozordagi avtomobillarning o`rtacha narxlarini tahlil qildi. (https://t.me/ifmr_public/5639) Oy davomida mahalliy ommabop avtomobillar hamda xorijiy lyuks avtomobillar o`rtacha narxlari pasaygan bo`lsa, mahalliy lyuks avtomobillar va elektromobillar narxlarida sezilarli o`zgarish kuzatilmagan.

Mahalliy ommabop avtomobillar narxlari

Noyabr oyida ikkilamchi bozorda oktyabr oyiga nisbatan:

Onix: o`rtacha foydalanilgani — 4,8 foizga (14 600 dollardan 13 900 gacha), kam foydalanilgani 5,4 foizga (14 900 dollardan 14 100 gacha);
Lacetti: o`rtacha foydalanilgani 1,4 foizga (14 700 dollardan 14 500 gacha), kam foydalanilgani 1,1 foizga (15 200 dollardan 15 031 gacha);
Nexia: o`rtacha foydalanilgani 0,9 foizga (11 500 dollardan 11 400 gacha);
Spark: o`rtacha foydalanilgani 0,8 foizga (10 485 dollardan 10 400 gacha);
Labo: o`rtacha foydalanilgani 2,4 foizga (8 300 dollardan 8 100 gacha);
Damas: o`rtacha foydalanilgani 0,9 foizga (8 200 dollardan 8 125 gacha), ko`p foydalanilgani 1 foizga (7 600 dollardan 7 527 gacha) arzonlagan.

Mahalliy lyuks avtomobillar

Noyabrda kam va o`rtacha foydalanilgan Malibu avtomobilining o`rtacha narxlari mos ravishda 3 foiz (30 100 dollardan 31 000 gacha) va 1,7 foizga (29 000 dollardan 29 500 gacha) oshgan bo`lsa, ko`p foydalanilgan Equinoxʼning o`rtacha narxi 1,9 foizga (27 000 dollardan 26 500 gacha) tushdi. Tracker narxlarida esa o`zgarish kuzatilmagan.

Elektomobillar

O`tgan oyda o`rtacha foydalanilgan BYD Han va BYD Yuan Up elektromobillarining o`rtacha narxlari mos ravishda 1,6 foiz (36 500 dollardan 35 900 gacha) va 2,4 foizga (21 000 dollardan 20 500 gacha) pasaygan bo`lsa, yangi BYD E2 elektromobili 3,1 foizga (16 700 dollardan 17 216 gacha) qimmatlagan. BYD Song Plus EV Chempionʼning narxi esa deyarli o`zgarishsiz qoldi (yangisi — 29 000 dollar, o`rtacha foydalanilgani — 26 600 dollar).

Xorijiy lyuks avtomobillar

Hyundai Elantra va Kia Sportage rusumli kam foydalanilgan avtomobillarning o`rtacha narxlari mos ravishda 2,2 foiz (23 000 dollardan 22 500 gacha) va 1,5 foizga (32 500 dollardan 32 000 gacha), o`rtacha foydalanilgani esa 1,6 foizga (Elantra — 22 000 dollardan 21 650 gacha va Kia Sportage — 31 500 dollardan 31 000 gacha) pasaygan.

Shuningdek, ko`p foydalanilgan Kia K5 va Kia Sportage avtomobillari ham mos ravishda 1,2 foiz (26 300 dollardan 25 990 gacha) va 3,4 foizga (31 000 dollardan 29 950 gacha) arzonlagan bo`lsa, Hyundai Tucson (ko`p foydalanilgani — 25 000 dollar, kam foydalanilgani — 33 000 dollar), Hyundai Santa FE (ko`p foydalanilgani — 35 000 dollar, kam foydalanilgani — 45 900 dollar) rusumli avtomobillar narxida sezilarli o`zgarish kuzatilmagan.

Tahlil uchun avtomobillar bosib o`tgan masofasi hamda ishlab chiqarilgan yiliga ko`ra quyidagi guruhlarga ajratib olingan:

2023−2024 yillarda ishlab chiqarilgan hamda bosib o`tgan masofasi 20 000 kilometrgacha bo`lgan avtomobillar — «kam foydalanilgan»;
2023−2024 yillarda ishlab chiqarilgan hamda bosib o`tgan masofasi 20 000 kilometrdan 50 000 kilometrgacha bo`lgan avtomobillar, shuningdek, 2021−2022 yillarda ishlab chiqarilgan hamda bosib o`tgan masofasi 40 000 kilometrgacha bo`lgan avtomobillar — «o`rtacha foydalanilgan»;
2023−2024 yillarda ishlab chiqarilgan va bosib o`tgan masofasi 50 000 kilometrdan ko`p bo`lgan avtomobillar, 2021−2022 yillarda ishlab chiqarilgan hamda 40 000 kilometrdan ortiq masofani bosib o`tgan avtomobillar hamda 2020 yilda ishlab chiqarilgan barcha avtomobillar — «ko`p foydalanilgan».

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар