2025 yilda ham maktab darsliklari iuchun ijara puli to`lanmaydi

12.12.2024 15:42



Ijtimoiy tarmoqlarda 2025 yilda maktablarda o`quvchilar uchun darsliklar ijarasi bo`yicha tarqalgan xabarlar yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmati rasmiy munosabat berdi.

2025–2027 yillarga mo`ljallangan Fiskal strategiya asosida ishlab chiqilgan Byudjetnoma loyihasida 2025–2026 o`quv yilidan 2–11-sinflarda bir to`plam darslik va mashq daftarlari uchun ijara to`lovi undirish tizimini joriy etish yuzasidan tegishli takliflar taqdim etilgan edi.

Byudjet jarayonlarini shakllantirishda vazirlik tomonidan, birinchi navbatda, iqtisodiy o`sishning barqaror yuqori sur`atlari hamda iqtisodiy va ijtimoiy sohaning moliyaviy mutanosibligini ta`minlashda davlatning ijtimoiy majburiyatlarini to`liq hamda o`z vaqtida bajarishga ustuvor e`tibor qaratiladi. Bunda, samaradorlikni oshirish maqsadida turli yo`nalishlar bo`yicha tahlillar o`tkaziladi.

Ta`kidlash lozimki, 2024 yilda maktab o`quvchilari uchun 83,2 mln nusxa darslik va mashq daftarlarini etkazib berish uchun Davlat byudjetidan jami 1,5 trln so`m ajratilgan. Ushbu mablag`lardan 435,5 mlrd so`mi (yoki 36 foizi) davriyligi 1 yil hisoblanadigan hamda har yili yangidan chop etiladigan mashq daftarlari uchun yo`naltirilgan.

2025 yilda esa 81 mln nusxa darsliklar va mashq daftarlari uchun jami 1,3 trln so`m mablag`larni to`liq Davlat byudjetidan qoplash ko`zda tutilgan.

Bunda, ota-onalardan darsliklar va mashq daftarlari ijarasi uchun qo`shimcha to`lov undirish rejalashtirilmagan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар