O`zbekistonda qancha bola sotilmoqda?

18.10.2021 15:57

Chaqaloq savdosi bilan bog`liq jinoyatlar afsuski, hali jamiyatimizdan chiqib ketgani yo`q.  

Deyarli har oyda yangi tug`ilgan chaqaloqlarning sotilishi to`g`risida xabarni ko`rish mumkin. Ularda chaqaloqlar yaqinlari tomonidan 700 AQSh dollaridan 23-30 ming dollargacha sotilayotganini ko`rish mumkin. Eng achinarlisi, go`daklar o`z onalari tomonidan pullanmoqda. Yanada achinarli tomoni bola sotilishi jarayonlarida vositachilarning 32 foizini tibbiyot vakillari tashkil etgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, 2017 – 2020 yillar o`tkazilgan tezkor tadbirlar davomida chaqaloqlarni sotish bo`yicha 185 ta jinoyat aniqlangan. Jumladan, 2017 yilda 69 ta, 2018 yilda 46 ta, 2019 yil 41 ta, 2020 yilning 11 oyida 34 ta chaqoloqlar sotilish vaqtida aniqlangan.

Shu kungacha joriy yil boshidan beri ommaviy axborot vositalari orqali chaqaloq savdosiga oid o`ndan ortiq xabarlar e`lon qilingan.

Eslatib  o`tamiz, statistika ma`lumotlari xabarlarida, 2020 yilga kelib odam savdosi bilan bog`liq jinoyatlar soni 6 barobarga kamaygan. Masalan, 2012 yilda 574 ta odam savdosi bilan bog`liq jinoyat qayd etilgan bo`lsa, 2019 yilga kelib bu ko`rsatkich 94 ta, 2020 yilda esa 74 tagacha kamaygan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
05.11.2021 21:02
Ассалому алайкум бизда сизлар боп мавзу бор
18.10.2021 23:05
"Ajdodlarimiz undoq edi, bundoq edi",-deb maqtanib o'zimizga o'zimiz mahliyo bo'lavermasdan avlodlar haqida faqat statistika uchun emas, amalda ishlash kerak, qonunlarimiz me'yoridan ortiq yumshoq