Qachongacha ortimizdagi davlatlardan oldindaligimiz bilan faxrlanamiz?

22.09.2021 17:59

Global innovasion indeksida 86-o`rindaligimiz aslida fahrlanarli holatmi?

Boshqa mamlakatlar ham innovasion sohaga O`zbekiston sarflayotganchalik mablag` sarflarmikan?

Innovasion rivojlanish vazirligi O`zbekiston Global innovasion indeksida 132 mamlakat orasida 86-o`rinni egallaganini ma`lum qildi. 

Hattoki, O`zbekistonning Global innovasion indeksdagi ushbu o`rniga bag`ishlab maxsus press-konferensiya ham o`tkazdi.

Ushbu raqamlar AQShning Kornel universiteti, Fransiyadagi Insead biznes maktabi va Jahon tashkilotining ma`lumotlariga ko`ra, deb berilgan.

Shuningdek, O`zbekistonda innovasiyalarni joriy etish uchun mavjud resurslar va shartlar kichik indeksida o`tgan yilning natijalari 6 pog`onaga ko`tarilib 75-o`rinni, innovasiyalarni joriy etishning amaliy natijalari kichik indeksida esa O`zbekiston 18 pog`onaga ko`tarilib, 100-o`rinni band qilgani ham aytib o`tilgan.

Nega vazirlik bunday quyi o`rinlar bilan ham faxrlangan? Shov-shuv qilishga arzigulik tarixiy voqea edimi aslida?

Chunki bu indeksda Qirg`iziston 98 va Tojikiston 103-o`rinni egallagan. Biz ulardan oldindamiz, muhimi shu! Ammo vazirlik bu indeksda bizga qardosh bo`lgan Turkiya 41, bizdan deyarli 2 baravar oldinda bo`lgan Rossiya 45, hattoki qo`shni Qozog`iston 79 o`rinni egallab turibdi. O`zbekiston bilan bir yilda mustaqillikka erishgan Ozarbayjon 80-o`rinni egallagani va biz ulardan ancha orqada qolganimizni keltirib o`tish ham kerakdir balki.

Aslida bu vazirlikka berilgan imtiyozlar, mablag`lar va rag`batlar bilan biz Rossiya, Turkiya va Qozog`istondan ham oldinga chiqishimiz uchun etarli emasmi?

Masalan, bu vazirlikni tashkil etishga doir Prezident qarorida:

yagona ijtimoiy to`lov va to`lov manbaidagi yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`idan tashqari barcha turdagi soliqlardan;

belgilangan tartibda tasdiqlangan ro`yxat bo`yicha respublikada ishlab chiqarilmaydigan va Jamg`arma mablag`lari hisobidan O`zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan ilmiy-laboratoriya asbob-uskunalari bojxona to`lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig`imlar bundan mustasno) ozod qilingan.

Bundan tashqari Vazirlikning vazifalarni amalga oshirish uchun jalb etilgan chet el mutaxassislariga ajratilgan mablag`larni boshqa davlatlarning kirim-chiqim qog`ozlarida uchratish amrimahol. Hatto Rossiya va Qozog`istonda ham.

Shuningdek, Innovasion rivojlanish vazirligi birgina Xalqaro innovasion haftalik davomida xorijiy kompaniyalar bilan investision hamkorlik bo`yicha 6 ta kelishuvni 205 million AQSh dollariga imzolagan:

Davlat shuncha mablag` ajratyapti, xorijdan investisiyalar kelib yotibdi. Innovasion rivojlanish vazirligimiz esa O`zbekiston “quyi o`rta daromad” guruhidagi davlatlar orasida 10-o`rinni egallagani bilan faxrlanmoqda.

O`zbekiston bu guruh mamlakatlari (daromadi o`rtachadan past) orasida O`zbekiston institutlar ko`rsatkichlari, inson kapitali va fan, infratuzilma va ichki bozorning rivojlanishi bo`yicha etakchi hisoblanarkan. 

Qachongacha past reytingli davlatlardan oldindaligimiz bilan faxrlanamiz? Boshqa davlatlar oldinga qarab intilsa, o`zidan oldindagi mamlakatlardan xulosa qilsa, biz orqamizda nechta davlat borligini sanaymiz.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
6
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
04.10.2021 11:00
Хаа узбекмизда узбек
27.09.2021 09:01
Gde izoh?
24.09.2021 04:30
Онги паст одамлар чикиб колган уша вазирликка.... Кариндош буса ажаб мас.бир холани аварасими углими. Шунчун хафа булиш керакмас. У ерда откатлар тез тез учраб туради манимча🥶🥶🥶
23.09.2021 13:57
Киритилган сармояни сурови йук,шунга узгариш лозим даражада эмас.
23.09.2021 11:02
Бу сохани хам ебтоймаслар эгаллага булса керак. Аввалом узларини , узларини, узларини кейгин фазифвсини уйлашса нима чикади?
23.09.2021 06:39
Hurmatli sayt muharrirlari, xalqimizda bir gap bor:"O'ynab gapirsang ham o'ylab gapir". "Dovyurak ritsar Ayvengo haqida qissa"si masxarabozi kabi, erkinliklarga erishgach nima qilishni bilmay qoldik. Atom kuchini o'tin yorishga ishlatmaylik.Vazirlik olg'a