Saytimizda ko`tarilgan suv muammosiga mutasaddilar tomonidan munosabat bildirildi

04.09.2021 16:40

Rost24.uz axborot sayti kuni kecha Jizzax viloyati, Baxmal tumani, Yangiobod qishlog`idan ichimlik suvining tanqisligi bo`yicha "Siz suvni isrof qilayotgan bir paytda qaerlardadir suvga muhtoj zamondoshlarimiz yashamoqda" nomli ijtimoiy rolik tayyorlagan edi.

Ushbu muammo bo`yicha «Jizzax suv ta`minoti» MChJ munosabat bildirdi:

"Zafarobod va Yangiobod QFY aholisi necha yillardan beri foydalanib kelgan buloq suvlari qurg`oqchilik sabab kamayib ketgani shu sababli ichimlik suvi aholi ehtiyoji uchun etmayotganligi ma`lum bo`ldi.

Hozirgi kunda ushbu muammoni hal qilish choralari ko`rilmoqda.

Bundan tashqari Yangiobod qishlog`i «O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirligi»ning Jahon taraqqiyot banki mablag`lari hisobidan «Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish» loyihasi asosida ichimlik suvi inshooti va tarmog`i qurilishini amalga oshirish arafasida. Hozirga kunda loyiha-smeta ishlari amalga oshirilmoqda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
07.09.2021 21:49
O‘sha tomondagi suvombordan suv bersa bo‘ladiku bermaydimi qishloqni Yangiobod emas yangi cho‘l desa to‘g‘ri bo‘lardi Yangiobod bo‘lishi uchun bu yerga suv chiqarib bog‘ barpo qilish kerak
05.09.2021 11:27
Gallaorol tumamm Qo'ytosh shaharchasi 2019-yil obodonlashtirikgan edi. Dasturda aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash ham bo'lgan, ammo ishlar chala bajarilib shaharcha aholisi hamon ichimlik suvidan qiynalmoqda.