AQSh O`zbekistondagi Prezident saylovidan nimani kutmoqda?

31.07.2021 18:03

Yurtimizda 24 oktyabr kuni bo`ladigan Prezident sayloviga targ`ibot va tashviqot ishlari boshlandi. 

Bizga nafaqat o`zbekistonlik fuqarolarning saylov jarayonlariga qarashi, balki xorijiy davlatlarining ham bu saylovga nigohi, nimani kutayotgani qiziq, albatta.

Shu sababli Rost24.uz muxbiri AQShning O`zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblyumdan yurtimizdagi saylov jarayonlaridan AQSh hukumati nima kutayotganini so`radi.

AQSh elchisi Daniel Rozenblyum:

“Amerika Qo`shma Shtatlari butun dunyodagi kabi O`zbekistonda ham bunday saylovlarning erkin, adolatli va ochiq tarzda o`tishiga katta qiziqish bildiradi. Biz O`zbekistondagi saylovlarni demokratik prinsiplarga asosan o`tishi tarafdorimiz. Biz «Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti» kuzatuvchi missiyasini qo`llab-quvvatlaymiz. Aksar hollarda Amerika vakillari ham ushbu kuzatuv missiyasini a`zosi sifatida saylovlarini kuzatishga borishadi. Biz «Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti»ning kuzatuv missiyasining chiqargan yakuniy xulosalarini to`la qo`llab-quvvatlaymiz. Shu bois ushbu saylovlar bo`lib o`tgandan keyin mazkur tashkilotning xulosalarini intiqlik bilan kutib qolamiz».

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар