Putin prezidentlik davrida AQShning besh nafar Prezidenti bilan ko`rishdi

17.06.2021 09:05

Rossiya Federasiyasi Prezidenti V.V.Putin va AQSh Prezidentlari

2001 — 2021 yillar

Bill Klinton 1993 - 2001 yillar
Jorj Uoker Bush 2001 - 2009 yillar
Barak Obama 2009 - 2017 yillar
Donald Tramp 2017 - 2021 yillar
Jo Bayden 2021 yildan - …

Jenevada Putin va Bayden uchrashuvi tanaffuslarni hisobga olganda 4,5 soat davom etdi.

Putin Bayden bilan elchilarning qaytishi to`g`risida kelishib olgan. Rossiya Federasiyasi va Qo`shma Shtatlar poytaxtlariga elchilarni qaytarish texnik masala bilan bog`liqligini aytgan Putin. Shuningdek, ular yadro urushida g`oliblar bo`lmaydi, degan prinsipga sodiqligini tasdiqlashgan.

Mavzu maydonida Navalniy ham bo`lib uning o`limi oqibatlari Rossiya uchun halokatli bo`lishini ta`kidlaydi AQSh prezidenti. Putin esa Navalniy haqida fikr bildirar ekan uning o`zi qonunni buzayotganini bilgan, ataylab qilganini va shunday bo`lsa ham Rossiyaga qaytishini gapirgan. Bayden Rossiyadagi inson huquqlariga to`xtalar ekan Putin bunga javoban Qo`shma Shtatlar ko`chalaridagi qotillik, o`nlab insonlar halok bo`lgan Afg`onistondagi to`ylarga zarbalar va Guantanamo qamoqxonasini misol qilib keltirgan.

Tahlilchilarning fikricha, bu uchrashuv munosabatlarning biroz bo`lsa-da “iliqlashishi” ga olib kelishi mumkin.
Uchrashuv yakunida Vladimir Putin amerikalik hamkasbiga “Moskva“ Xoxloma yozuv to`plamini sovg`a qilgan. Bayden esa aviator quyosh ko`zoynagi va billur haykalcha sovg`a qilgan. Baydenning so`zlariga ko`ra, yuzma-yuz uchrashuvga hech narsa etmaydi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар