Ko`chadagi dorixonalarning ko`pligini ilk ko`rgan odamning hayolidan nimalar kechadi?

27.05.2021 22:07

Ko`cha atrofidagi to`la dorixonalarni ko`rib go`yoki,  bu hududdda  faqat  bemorlar yashaydimi degan tasavvur paydo bo`lishi hech gap emas. 

Ma`lumotga ko`ra, bugungi kunda mamlakatimizda 14 mingdan ortiq dorixonalar bo`lib, bu har 2,5 ming aholiga bitta dorixona to`g`ri keladi degani. Shuningdek, Toshkent shahrida 2 mingdan ortiq dorixona bo`lib, bu har ming kishiga bitta dorixona xizmat qilishini anglatadi. Qoraqolpog`istonda esa har 3 ming kishiga bitta dorixona bor.

 Xo`sh, boshqa mamlakatlarda ham dorixonalar shunday ko`pmi?! 

–  AQShda 5 ming nafar aholiga bittta dorixona to`g`ri keladi. Daniyada 18 mingta aholiga, Rossiyada 2,5 mingta aholiga ya`ni O`zbekistondagi holat Rossiya bilan bir xil to`g`ri kelyapti, – dedi Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi axborot taxlili boshqarmasi boshlig`i Muhabbat Ibragimova.

Bizda allaqachon dorixonalarga ijtimoiy emas biznes ob`ekti sifatida qaralishi hech kimga sir emas. Buning asosiy sababini mutaxassis shunday izohlaydi: O`zbekiston Respublikasida alohida me`yorlar tasdiqlanmagan. Chunki dorixona ochishga tegishli sharoit bo`lsa, tegishli mutaxassislar bo`lsa, bu erda hamma lisenziya talablari bajarilgan bo`lsa, unga rad javob berib bo`lmaydi va u bemalol ochish mumkin. 

Xo`sh, dorixonalar haddan tashqari ko`pligining afzallik va salbiy tomonlari nimada? Bu savolning javobi ko`pchilik uchun dolzarb bo`lishi tabiiy. 

–  Kimga dori kerak bo`lsa bir pasda etib borish kerak, bu tarafdan juda afzal, dedi – Muhabbat Ibragimova. – 1995 yilda butun O`zbekistonda 2 200 ta dorixona bor edi. O`sha paytda ham dorixona mavjudligi yoki kamligi nisbatan hech qanday muammo bo`lmagan. 70 foiz dori vositalari resept bilan beriladiganlari qatoriga kiradi. 30 foizi reseptsiz. Ayni hozir dorixonalarda mana shu tartib yaxshi ishlamagani sababli va  aholi xohlagan dorini olishi mumkin. Shu jumladan, antibiotiklarni ham. Ikkinchidan, mana shu dorixonaga kirish, davlat muassasalariga borishdan ko`ra dorixona xodimlaridan maslahat so`rash osonroq. Bu tarafdan ham yaxshi emas. Uchinchidan, reseptsiz bemalol olish mumkinligiga qarab o`z-o`zini da`volaydi. O`z-o`zini da`volgandan keyin albatta sog`liq nuqtai nazaridan salbiiy tomonlari ko`p. Aniq tashxis qo`yilmagan, aniq bilmagan holatda ular dorini iste`mol qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda doridan allergiya berib baxtsiz hodisalar haqida eshitib qolamiz. Qolaversa dorixonadagi farmasevptning qanchalik tajribali ekanligini bilmasdan turib uning maslahati orqali o`z-o`zini da`volash ham bugun juda ommalashgan.

Ruxsora G`ofurova,

Sirojiddin Xoshimjonov (video)

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
28.05.2021 13:33
bu dorilar jigarini davolash opkani o'ldiradi. qisqasi bu shunchaki biznes