Hindistonlik shifokor: Koronavirusga qarshi, albatta, hamma vaksina olishi kerak

09.05.2021 15:54

Rost24.uz axborot portali muxbiri kuni kecha koronavirus kasalligining navbatdagi to`lqini sababli tibbiy murakkab ijtimoiy holatda turgan – Hindiston davlatidan kelgan shifokor Mahboob Afzal bilan shu mavzuda suhbatda bo`ldi.

  • Nafaqat davlat, balki shaxsiy klinikalar ham Hindistonda 24 soat ishlamoqda, – deydi Mahboob Afzal. – Sababi o`tgan safar koronavirusni yuqtirish darajasi mamlakatimizda juda past, sekin edi. Hozir esa 3 barobar tez. Shuning uchun qancha harakat qilinsa ham davlat shifoxonalari ham, shaxsiy klinikalari ham eplay olmayapti. Sababi kasallikni yuqtirish birdaniga ko`payib ketdi. 

Masalan, bitta klinikada 250 ta o`rin bo`lsa, 1 nafar shifokorga 500 ta bemor to`g`ri kelsa biz qanday davolaymiz? Shu muammo bo`lib qoldi, lekin davlat shifokorlarga yordam bermoqda. Hozirda Dehlining o`zida katta-katta er maydonlarida 500 ta yotoqxonali yangi klinikalar qurilmoqda. Bir nechtasi hozirgi kunda ishga tushdi. Muammo o`sha-o`sha, birdaniga kasallanish ortgani hisobiga hamda aholi ko`pligi sababidan biz shifokorlar eplay olmayapmiz. Lekin hozirda vaziyat yaxshilanmoqda.

O`lim juda ko`p bo`ldi. Qabristonda joy etmay qoldi. Lekin bizda yaxshi tomoni tuzalish ham ko`p. Aholi ko`pligi sababli bizga bu narsa ko`p bilinmoqda. Bilasiz, Hindistonda 1.5 mlrd. aholi bor, dunyoda Xitoydan keyin ikkinchi o`rinda turadi. Aholi ko`pligi sababdan, o`lim ham ko`p bo`ldi.

Shuning uchun endi niqob taqish kerak, va albatta, vaksinani olish kerak. O`tgan safar bizda vaksina chiqqanda ham ko`pchilik vaksina olmadi. To`g`ri virusning  dastlabki  bosqichida faqat og`ir kasallarga koronavirusning ziyoni tegardi. Misol uchun kimda kim qandli diabet, qon bosim, buyrak va jigar almashinuvi, onkologik kabi kasalliklari bilan og`riyotgan bo`lsa shu bemorlarga ko`proq zarar tegardi. Lekin hozirgi kunda, ya`ni virusning bugungi to`lqini sog`lom odamlarni ham oramizdan olib ketmoqda. Vaksina olganlarga esa hech narsa ta`sir qilmayapti. Kim vaksina olgan bo`lsa oddiy bosh og`riq bo`ladi, bir-ikki kun isitma chiqadi, baribir o`lim bo`lmaydi. Shuning uchun vaksina olish kerak.


Ma`lumot uchun aytib o`tish kerakki, Hindiston Sog`liqni saqlash vazirligi bayonotiga ko`ra, so`nggi kunda mamlakatda 414,4 ming nafar koronavirus bilan kasallanganlar qayd etilgan, COVID-19 ga chalinganlar umumiy soni esa 21,77 milliondan oshgan.
Sog`liqni saqlash vazirligi Hindistonda 169 milliondan ortiq odam koronavirusga qarshi emlanganini ta`kidladi, o`tgan kun davomida emlanganlar soni 2 millionga ko`paygan.
Kasallik holatlari soni bo`yicha Hindiston AQShdan keyin ikkinchi o`rinda turibdi.
Mamlakatda tibbiy kislorodga bo`lgan talab aprel oyidagiga nisbatan etti baravarga oshgan. Tibbiy vaziyat murakkablashgan ushbu davlatga yaqinda O`zbekiston mobil kislorod konsentratorlari to`plamlari va turli dori vositalaridan iborat insonparvarlik yordamini yubordi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар