Professor Qozoqboy Yo`ldoshevning “ongsiz olomon” atamasi muallifi Ulug`bek Vafoevga javobi

10.05.2021 07:14

Qonunchilik palatasi deputati, XDP fraksiyasi a`zosi Ulug`bek Vafoev «Davlat tili haqida»gi qonun loyihasining 12-moddasi bo`yicha partiya tutgan pozisiyaga qarshi bo`lganlarni «ongsiz olomon» deb atadi. U bu haqdagi fikrlarini o`zining Facebook sahifasida qoldirgan.

Pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo`ldoshev ushbu so`zga nisbatan o`zining shaxsiy fikrlarini bildirdi:

Birovning ongini va ongsizligini har kim o`zining aqliy darjasidan kelib chiqib belgilaydi. O`zi o`zi bo`la olmagan Vafoev degan odam o`zining qiyofasini, o`zining tilini tanishni bilmagan, o`zining onasini, o`zining otasini boshqa birovning ota-onasinidan martabaliroq deb hisoblash qo`lidan kelmaydigan odamning “ongsiz olomon” degnidan menimcha, bu g`oyani oldinga surganlar hafa bo`lmaydi. Chunki uning aslida kimligi tutgan pozisiyasidan ko`rinib turibdiki, bu masalaga ortiqcha e`tibor berib o`tirish kerak emas deb o`ylayman.

Asosiy e`tiborni hali bitta, ikkita asl g`oyani tushunish, millat haqida o`ylash qo`lidan keladigan millat vakillarining keyingi muhokamalarida saaal xudodan qo`rqib, kelajak avlodni o`ylab, o`zining bolalarining, nabiralarining qismatini o`ylab, ertangi kunini o`ylab ovoz berish kerak. Faqat bugun bilan yashamaslikka chaqirish kerak deb o`ylayman xolos.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар