Koronavirusga chalingan (va vafot etgan) ba`zi amaldorlar ro`yxati

08.05.2021 06:11

Butun dunyoga tarqalib ulgurgan, odamlar yashash tarzini o`zgartirib yuborgan koronavirus millionlab insonlar hayotiga xavf solib kelmoqda.

Quyida siz O`zbekiston ommaviy axborot vositalarida e`lon qilingan, koronavirusga chalingan va bu kasallik tufayli vafot etgan ba`zi davlat amaldorlari ro`yxati bilan tanishishingiz mumkin. Ma`lumki, virusga chalinib, davolanganlarning barchasi haqida OAVda batafsil ma`lumot yo`q. Ayrim amaldorlarimiz koronavirusga chalinganini jamoatchilikdan yashirgan holatlari ham bor. Biroq bugungi oshkoralik tufayli hamda bunday holatni yashirishning hech qanday nafi yo`qligini anglagan, qarashlari zamonaviy bo`lgan rahbarlar o`zlarining virus bilan kurashganlarini hech kimdan sir tutgan emas.

Alisher ShodmonovSog`liqni saqlash vaziri lavozimida ishlagan, hozirda Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori

Nurmat OtabekovVazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik nazorati davlat inspeksiyasi boshlig`i.

Qobul TursunovNavoiy viloyati hokimi.

To`ra BobolovSurxondaryo viloyat hokimi.

Zoir MirzaevQashqadaryo viloyati hokimi.

Shuhrat G`anievBosh vazir o`rinbosari.

Sherzod ShermatovXalq ta`limi vaziri.

Komil AllamjonovMilliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi raisi.

Karim Kamolov - 2020 yilda Buxoro viloyati hokimi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchisi (vafot etgan).
Musa Erniyozov - Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi raisi lavozimida ishlagan (vafot etgan).
Rustam Qosimov - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi lavozimida ishlagan (vafot etgan).
O`ktam Barnoev - Bosh vazir o`rinbosari lavozimida ishlagan (vafot etgan).

Ma`lumot uchun, hozirgi kunga qadar respublikamizda rasmiy statistikaga ko`ra, koronavirusga chalinganlar soni 79 749 nafar. Vafot etganlar soni 622 nafarni tashkil etmoqda. Joriy yilning 1 aprelidan koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy emlanish jarayonlari boshlangan bo`lib, bugungi kungacha jami 1 milliondan ortiq inson ZF-UZ-VAC2001, AstraZeneca va “Sputnik V “ vaksinalari bilan aholi ixtiyoriy ravishda emlangan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар