Davlatsiz qolayotgan eng yirik milliy guruh haqida

19.03.2021 11:54

Kurdlar – Yaqin Sharqning qadimgi xalqlaridan biri. O`zlarini kurd, bo`ri, kurmanj deb ataydilar. Tarixchilarning fikricha Kurdlar Hind-Evropa qavmining Fors tarmog`iga mansub. Kurdlarning ajdodlari bo`lmish Medelar Ossuriya podsholigini engib Eron va Anatoliya hududiga asos solgan imperiya Eronda Aleksandr Makedonskiy kelgunicha saqlanib qoldi. Xuddi shu davrdan boshlab Islomning paydo bo`lguniga qadar kurdlarning taqdiri Eronni boshqargan imperiyalar – Saljuqiylar, Parfiya va Sosoniylarga bog`liq bo`lib qoldi.

Arab xalifaligi kuchsizlana boshlagandan so`ng kurdlar siyosiy hayotda faollasha boshlaydi. 837 yilda Kurd yo`lboshchilaridan biri Ahlat nomli vassalik tashkil qiladi, bu kurdlarning ilk davlati bo`lgan. Taxmin qilish mumkinki, Kurdiston to`rt yirik kurd sulolalari tomonidan bosib olinmaganda yagona Kurd davlatini tuzish mumkin edi. Shundan so`ng Saljuqiylar kurdlarni birma-bir bosib oladi va Kurdistonda alohida viloyat tashkil qiladi.

Saljuqiylarning qulashidan so`ng Salohiddin asos solgan Ayyubiylar sulolasi XIII asrdagi mo`g`ullar bosqiniga qadar musulmon dunyosida etakchilik qiladi.

Kurdlar Usmoniylar qalqoni sifatida

Kurdiston Usmoniylar va Eron o`rtasidagi asosiy raqobat maydoniga aylanib boradi. Bir necha janglardan so`ng Usmoniylar forslarni kichik mag`lubiyatga uchratadi, ammo to`la mag`lub etilmagan forslar doimiy xavf bo`lib qolavergan. Shunday vaziyatda nufuzli Kurd vakili turk sultoniga kurd zodagonlarining huquqlarini, imtiyozlarini qayta tiklash, o`z davlatlarini tuzishga izn berishini so`raydi, evaziga agar Eron qo`shinlari Usmoniylarga hujum qilgudek bo`lsa, chegaralarini qo`riqlashga va`da beradi. Ushbu kelishuv asosida ular 3 asr tinch yashashdi. Kurdiston 17 ta knyazlikdan iborat bo`lib, hammasi nasldan naslga o`tardi. Kurdlarning o`sha davrdagi siyosiy holati 350 ta avtonom davlatga bo`linib ketgan Germaniyanikidan yaxshiroq edi.

Kurdlar hayoti bitimlar ostida

Har bir Kurd zodagoni o`zining davlati avlodlar qo`lida yashab qolishiga ishonardi. Bir necha kurd ziyolilarida yagona davlat tuzish istaklari paydo bo`la boshlagach, Usmoniylar ularning ichki ishlariga aralashishni boshlaydi. Aksariyat kurd ziyolilari o`z boshqaruvidan qoniqqani uchun vaqti-vaqti bilan sultonga boj to`lab turgan. Shu bois ular mustaqillikka intilib ham ko`rmagan. 1847 – 1881 yillar Kurdiston uchun ozodlik yillari bo`ldi.

Mustaqillikka intilishlar mahalliy boshliqlar, diniy rahnamolar tomonidan boshlanardi. Ammo imperiya tomonidan qattiq qo`llik bilan bostirilgan. Bunday jarayonlarni ikkinchi jahon urushigacha kuzatish mumkin.

1915 yildagi Fransya-Angliya yashirin kelishuviga ko`ra Kurdiston urushdan keyin bo`lib tashlanishi kerak edi. 1920 yilning 10 avgustida Fransiya, AQSh, Buyuk Britaniya va Turkiya tomonidan imzolangan Sevr shartnomasiga ko`ra Kurdiston hududida mustaqil Kurd davlati tuzish borasida so`z boradi. Lekin keyinchalik shartnomaning o`zi kabi bu mavzu ham e`tibordan chetda qoldi.

1923 yil 24 iyulda kamolchilar (Mustafo Kamol Otaturk tarafdorlari) hukumati va Ittifoqchi Kuchlar o`rtasida yangi bitim imzolangan. Bu bitim Sevr shartnomasini bekor qilib, Kurdistonning katta qismini yangi Turk davlatiga qo`shib yuborishni ko`zlagan edi. Bundan oldinroq, 1921 yil 20 oktyabrda imzolangan fransiya-Turkiya bitimi Jazira va Kurd-Dog` kabi Kurdiston hududlarini Fransiya mandati ostida bo`lgan Suriyaga qo`shib yuborgan edi. Katta qismi kurd etakchilaridan biri bo`lgan Simko boshqaruvi ostidagi Eron Kurdistoni Eron tarkibida qoldiriladi. Neftga boy bo`lgan yana bir kurd provinsiyasi Mossul Millatlar Ligasi kengashida Britaniya mandati ostida bo`lgan Iroqqa berilishi to`g`risida qaror qilinadi. Shunday qilib XII asrdan buyon Kurdiston deb atalib kelinayotgan diyor Turkiya, Eron, Iroq, Suriya tomonidan to`rtga bo`linib olinadi.

Xo`sh, nega kurdlar birlasha olmadi?

Agar e`tibor bersangiz kurdlar tarixida yaqqol ko`zga tashlanadigan ozodlikka, mustaqillikka erishish ruhidagi kurashlarni kam ko`rasiz. Kurdlar ichida birinchi o`rinda g`oyaviy bo`linish yuz beradi, bir tomon Turkiyaning pan-islomizm, pan-turkizm g`oyalari izmidan ergashsa, ikkinchi tomon evropadan ilhom olgan holda Kurdiston mustaqilligini yoqlaydi. Jamiyatda siyosiy yo`lboshchining yo`qligi, birlasha olmasligi ortida hammasi o`zi bo`larchilikka tashlab qo`yiladi. Ammo kurdlar kuchli milliy etnik guruh hisoblangan

Bugungi kurdlar va ularning muammolari

Kurd siyosati ikki yirik oila tomonidan boshqariladi. Kurdiston ichida ikkita yirik partiya mavjud. Kurdiston Demokratik partiyasi (KDP) va Kurdiston Vatanparvarlik ittifoqi (KVI). Ularning har birini Kurdistonning ikkita etakchi oila a`zosi – Barzanilar va Talabanilar boshqaradi. Bugungi 38 – 40 millionlik kurdlaring aksariyati O`rta |Sharqda yashamoqda.

Kurdiston rasmiy tili Kurdcha bo`lib, hududlarga qarab bir necha shevalarga bo`linadi.
Bugungi kurdlar bir vaqtning o`zida ham ittifoqchi ham terrorchi sifatida namoyon bo`lib, IShIDga qarshi kurashda AQSh bilan ittifoqdoshdir. Lekin Kurdiston ishchilar partiyasini rasmiy Vashington Xorijiy terroristik tashkilotlar qatoriga qo`yadi.

Shu o`rinda Turkiya jiddiy bosh qotiradigan masalalar bor. Saddam Husayn hukumati qulagandan so`ng, Iroq Kurdistoni avtonomiyaga erishdi. Bundan ilhomlangan Turkiyaning biqinida joylashgan, Bashar Asad hokimiyati batamom qulashini poylab turgan Suriya kurdlari va Turkiyada alohida boshqaruvni istayotgan kurdlar ham mustaqillik uchun kurashga intila boshladi.
AQSh uchun Yaqin va O`rta Sharqda ( Eronda ham 11 millionga yaqin kurd yashamoqda ) so`nmas bir qurol, uning vazifalarini bajarib turuvchi tirgak kerak, bu tirgak Kurd bo`lishi mumkin.

Sardorbek POYoNOV tayyorladi

O`zJOKU talabasi

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
29.03.2021 02:35
Rahmat.juda zarur malumot men uchun.