19 yil Ramatov boshqargan "O`zbekiston temir yo`llari"ning badbo`y, kir va chang bosgan vagonlaridan reportaj

22.02.2021 14:26

Yoxud «O`zbekiston temir yo`llari» aksionerlik jamiyati 60 yil avvalgi sovet davrining poezdlarida hamon odam tashimoqda...

Rost24.uz axborot sayti jurnalisti 60 yillik poezdning barcha (haydovchi xonasidan tashqari) xonalarini ko`zdan kechirdi.

Poytaxtimizdagi Janubiy vokzaldan «Toshkent — Qo`ng`irot» yo`nalishidagi poezdga chiqqach, biz uchun haqiqiy sarguzasht boshlandi. Vagon ichiga qadam qo`yar ekanmiz birdaniga badbo`y, sassiq hid dimoqqa urildi. Yangicha dunyo, poytaxtdan uzoqdagi odamlarning bugungi hayoti bilan tanishish istagi, bizdan uzoqda yashayotgan zamondoshlarimizning orzu havaslari, turmush tarzini yaqindan bilib, yangi mavzularda maqola va reportajlar tayyorlash orzusida yo`lga chiqqan sarguzashttalab ijodkorlarning bu safari xiyla ko`ngilsizlik bilan boshlandi.

Dimiqqan, xira tortgan ichki yo`laklar shu qadar torki, ikki kishi qarama-qarshi yo`lda uchrashib qolsa, bir-biriga urilmay yo`lida davom etishning iloji yo`q. Vagonlar orasidan o`tish yo`lakchasi esa, jonni xatarga qo`yish bilan barobar. O`rindiqlar, eshiklar, deraza-yu pardalarigacha barcha barchasi sizga urush yillari eslatadi. Tezyurar, zamonaviy yo`lovchi transportda yurganlarning bu hududga kirib qolishi go`yo ular uchun qadim dunyoda tushib qolgandek edi.

Poezd asta-sekinlik bilan yo`ldan qo`zg`alar ekan, ne-ne shaharlaru, dalayu qirlardan, Qoraqalpoq kengliklaridan o`tadigan og`ir va uzoq manzilni qanday bosib o`tirkanmiz, degan hadik tinchlik bermaydi senga. Tozalab artilmagan, kir-chir bo`lib yotgan yo`laklardan yurar ekansiz, ko`mir to`kilgan burchaklar, chang bosib yotgan “palas”lardan tezroq qutilish uchun oldinga intilamiz. Badbo`y hid esa poezdning har tarafidan sizni ta`qib qilib kelaveradi. Hatto tamaddixnasida ham u siz bilan birga qoladi.

Poezd xodimlarining tili bilan «restoran», deb atalgan bu joyni biz hatto “kafe”, tamaddixona ham demagan bo`lardik. Bunday ko`rinishdagi ovqatlanish joyida choy ichish, tamaddi qilish juda-juda mushkul. Ko`chgan, eskirgan, dog`li stol-stullar, aroq hidi anqib turgan bu “qorong`u xona”, poezdning qo`lansa hidiga aralashib ketgan bir nuqtasida ovqat isi dimoqqa uriladi.

Bu restoranda ovqat eyish u yoqda tursin, stullarga ham o`ylab o`tirasiz. Hojatxonani esa tasvirlashni ep ko`rmadik, chunki bu tasvirlarni jurnalistika etikasi ko`tara olmaydi. Tor “kupe”larning biriga joylashgan bo`lsangiz, do`ppingizni osmonga otsangiz ham bo`ladi. Eng og`iri – plaskartda o`tirib yo`lga chiqish. Tiqilinch, odamlar yozning jazirama issig`i, qishning ayozli havosida plaskartda ketadilar. «Kupe» deb atalgan taxminan 2 metr kub joyga to`rt kishini joylash, bu qamoqxonadagi sharoitdan ham noqulay bo`lsa, kerak. Uniqqan, nam tortgan ensiz matraslar, ventilyasiya yo`q, badbo`y, erkin harakatlanish imkoniyati bo`lmagan tor, chang xonalarda odam tashish, insonlar hayotiga behurmatlikdan boshqa narsa emas. Pul to`lab shu sharoitda ketishning o`zi achinarli.

Aslida «O`zbekiston temir yo`llari» AJ aholini shunday og`ir sharoitda tashigani uchun kompensasiya to`lashi kerak. «O`zbekiston havo yo`llari»ning osmon qadar narxlaridan qutqarib kelayotgan bu poezd xuddi jazo o`taladigan hududga o`xshaydi.

1959 yillarda suratga olingan «Jazda faqat qizlar», «Sharqiy ekspressdagi qotillik» kabi tarixiy filmlarda ko`rgan poezd kupelari ham bugun xizmat ko`rsatayotgan «O`zbekiston temir yo`llari»ning bu poezdidan ming chandon yaxshiroq ko`rinadi.

Bugungi kun talabiga umuman javob bera olmaydigan sobiq sovet ittifoqi davridan «meros qolgan» poezdlarni yana qancha ekspluatasiya qilish mumkin? «O`zbekiston temir yo`llari» AJning nafaqat poezdlari, balki rahbariyati dunyoqarashi ham sovet davridan «meros qolgan» ko`rinadi. Chunki bugungi dunyoqarash bilan «O`zbekiston temir yo`llari»AJning 60-70 yillik poezdlarida aholiga xizmat ko`rsatishga har kim ham jazm qila olmaydi.

Shu sharoitda ko`pgina talabalar, muhojirlar va boshqa yo`lovchilar Rossiya davlatigacha qatnaydi. Bu sharoitda 3 kun davomida Rossiya chegarasigacha sog`-salomat etib olishning o`zi haqiqiy qahramonlik bo`lsa, ajab emas.

Shu ahvolni aholiga ravo ko`rayotgan mas`ullarni doim rahbarlar yonida qo`li ko`ksida ko`ramiz. Bugungi davr dunyoqarashi bilan rasmana sovet davrining «sarqiti» deyish mumkin bo`lgan o`sha poezdlarni hamon boqimandalik bilan ishlatishga yo`l qo`yib kelayotgan rahbariyat o`zi qachon oxirgi marta bu vagonlarga chiqqan ekan?..

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi, «O`zbekiston temir yo`llari» AJ mas`ullari, shu rahbariyatda 19 yil faoliyat yuritgan Ochilboy Ramatovning o`zlarini ham marhamat qilib ushbu “kupe”larda sayr qilishga taklif qilgan bo`lardik.

Bizning bu yo`lovchi poezddagi sarguzashtimiz ham 16 soat o`tib, Nukusga etganimizdan so`ng yakuniga etdi.

Shu tariqa «jazo o`taladigan hudud»dan chiqishga muvaffaq bo`ldik, toza havodan o`pkamizni to`ldirib, to`yib-to`yib nafas oldik, ammo ustimizdan hamon poezdning badbo`y hidi, ko`z o`ngimizdan qadim zamonlardan qolgan xaroba vagonlari, qulog`imizdan esa taraqa-turuq shovqini ketmayapti.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
29
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
02.04.2022 16:34
Мен Жокаргы Кенес рахбари булсам биринчи ишимни шундан бошлардим
27.05.2021 06:41
To'g'ri
27.02.2021 16:27
Maqolada muammoni ko'tarilib chilganda tassavvur paydo qilingan. Lekin Maqolaning asl maqsadi ma'lum bir shaxs(Ramatov)ni yomonlash bo'lgan. Zakazga qilingan yoki Ramatovni yomon ko'radigan odam yozgan
24.02.2021 17:53
Oztemiryolovchi direktoridan soranglar nimaga u Uzbekistan temir yollari raisini buyrugini bajarmayopdi xamma boshqa temir yol xodimlariga 490000 mingdan yordam pulini bervotdi xamma premiyalarni qaytarvotdi lekin Oztemiryolovchi direktoridi nima qisalarin qil bermiman divotdi bu buyruqqa asosan 1 fevraldan berish kere u bolsa yoq
23.02.2021 15:51
Жуда тугри гаплап
23.02.2021 11:13
Совет пайтида бу поездлар чётки булган, бизни шоввозлар адабини берди буларни
23.02.2021 09:39
Журналист Британияга ишловчи давлатимиз хоиними охирги расмда акслари куриниб турибди. Яна битта «Навальный»
22.02.2021 21:17
Ҳудли шундай вагонлари! Афсус!
22.02.2021 21:03
Аввал битта ишни, пешона тери билан бажариб қўйгинда, кейин аққилилик қилгин. Энг оғир ишинг телефонни кўтарволиб, нимжон бармоқчаларинг билан телефон клавиатурасини босгин.